Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.09.2000 yildagi 354-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001 YIL HOSILI UChUN 2000-YILDA OʻTKAZILADIGAN KUZGI-QIShKI AGROTEXNIKA TADBIRLARINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil hosili uchun 2000-yil sentyabr—dekabr oylarida oʻtkaziladigan kuzgi-qishki agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yilgi paxta va boshoqli ekinlar don hosili uchun 2000-yilda oʻtkaziladigan kuzgi-qishki agrotexnika tadbirlariga 2000-yilga belgilangan davlat xaridlari hajmidan kelib chiqib avans berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan 2000-yil 1-oktabrgacha 2001-yil paxta va boshoqli ekinlar don hosiliga kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini taʼminlasinlar, ushbu shartnomalarda avans berish miqdorlarini 2000-yilga belgilangan davlat xaridlari hajmidan va xarid narxlaridan kelib chiqib nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, 2001-yil hosili uchun kontraktatsiya shartnomalarining uzil-kesil shartlari paxta, boshoqli ekinlar doni yetishtirish prognozi hamda ularning xarid narxlari belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2001-yil hosili paxta, boshoqli ekinlar doni yetishtirishga avans berishni tasdiqlangan texnologiya kartalari boʻyicha xarajatlardan va moddiy-texnika zaxiralariga limitlardan kelib chiqib xoʻjaliklar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar hokimliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari bilan birgalikda paxta, boshoqli ekinlar va sholi hosilining tabiiy ofatlar hamda boshqa kutilmagan hodisalardan nobud boʻlishi ehtimoliga oʻz vaqtida ixtiyoriy sugʻurta qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 18-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354-son