Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2000-yil 18-iyulda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Bangladesh Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
2000-yil 28-iyulda Vena shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov, A.N. Isayev, tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov Oʻzbekiston Respublikasining mazkur bitimlarda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-avgust,
332-son