OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2009 YIL 18 AVGUSTDAGI 233-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN BUDJET MABLAGʻLARI HISOBIGA FUNDAMENTAL, AMALIY TADQIQOTLAR VA INNOVATSION IShLARNING ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI AMALGA OShIRIShDA QATNAShUVChI ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI ILMIY VA RAHBAR XODIMLARINING BAZAVIY LAVOZIM MAOShLARI MIQDORLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 27-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2137]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2010-yil 15-dekabrdagi 6, 200-Q/Q, 104-sonli “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2171, 22.12.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 9-iyuldagi PF-4224-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 230-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 370-modda) bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq oʻzgartirilsin.
2. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari 2010-yil 1-avgustdan ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oʻzgarganligini hisobga olib ish haqlarini qayta hisoblab toʻlanishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2009-yil 16-dekabrdagi 13, 80Q/Q, 116-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 2057, 2009-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2009-y., 52-son, 581-modda) qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2010-yil 16-avgust,
1-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 16-avgust,
152/1-QQ-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 16-avgust,
66-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 16-avgustdagi 1, 152/1-QQ, 66-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
| T/r |
Lavozimlarning nomi |
Bazaviy lavozim maoshlarining miqdori, soʻm |
| 1. | Institut direktori | |
| professor | 698 932 | |
| fan doktori | 670 536 | |
| fan nomzodi | 642 296 | |
| 2. | Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori | |
| professor | 642 296 | |
| fan doktori | 619 476 | |
| fan nomzodi | 591 762 | |
| 3. | Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri | |
| fan doktori yoki professor | 619 476 | |
| katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi | 591 762 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi | 569 095 | |
| 4. | Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari | |
| fan doktori yoki professor | 591 762 | |
| katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi | 569 095 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi | 546 304 | |
| 5. | Bosh ilmiy xodim | |
| professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori | 591 762 | |
| katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori | 569 095 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori | 546 304 | |
| 6. | Etakchi ilmiy xodim | |
| ilmiy unvonga ega boʻlgan fan doktori | 569 095 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori | 546 304 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi | 519 342 | |
| 7. | Katta ilmiy xodim | |
| ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi | 519 342 | |
| ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi | 492 688 | |
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan | 466 627 | |
| 8. | Kichik ilmiy xodim | |
| fan nomzodi | 492 688 | |
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) | 466 627 | |
| ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) | 440 784 | |
| 9. | Tajriba orttiruvchi tadqiqotchi | 388 907 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 298-modda)