O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“TRANSPORT VOSITALARI HAMDA BOShQA O‘ZIYuRAR MAShINA VA MEXANIZMLAR EGALARIDAN OLINADIGAN SOLIQ TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Tranpsort vositalari hamda boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1-fevralgacha bo‘lgan muddatda:
— transport vositalari hamda boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq miqdorini belgilasin;
— Hukumatning, vazirliklar va davlat idoralarining me’yoriy hujjatlarini mazkur Qonunga muvofiq holga keltirsin;
— Qonunning qo‘llanilishini ta’minlovchi zarur hujjatlar chiqarilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
745-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y.,1-son, 28-modda)