Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
1999-yil 21-sentabr kuni Qohira shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
1999-yil 5-oktabr kuni Seul shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida bojxona ishlarida oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Tashqi ishlar vaziri A.X. Komilovga mazkur hujjatlarda belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 21-oktabr,
472-son