OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
ALOHIDA ASOSLARGA KOʻRA MEHNAT ShARTNOMASI BEKOR QILINGANDA IShDAN BOʻShATILGAN XODIMLARGA MUDDATIDAN OLDIN PENSIYA TAYINLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 588-3]
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot va Mehnat vazirliklari tomonidan 1998-yil 30-noyabrda 2-271/041 va 1235/04-1-son bilan tasdiqlangan Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 588, 1999-yil 7-yanvar) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-avgust,
150-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Bandlikka koʻmaklashuvchi markazi (bundan keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashuvchi markaz deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 6, 7-bandlar, 10-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari hamda 16, 20-bandlardagi “Bandlikka koʻmaklashish markaziga”, “Bandlikka koʻmaklashish markazi”, “Bandlikka koʻmaklashish markazida”, “Bandlikka koʻmaklashish markazlari” degan soʻzlar tegishlicha “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga”, “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi”, “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida”, “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi ishsiz deb eʼtirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga 4-shakldagi taqdimnoma (1-ilovaga muvofiq) tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi deb yuritiladi) topshiradi”.
4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan berilgan (4-shakl boʻyicha) taqdimnoma budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga asos boʻlib hisoblanadi”.
5. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har oyda muddatidan oldin pensiya tayinlangan fuqarolar roʻyxatini, tayinlangan pensiyaning bir oylik miqdorini, pensiya toʻlangan davr va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdorini koʻrsatgan holda (2-ilovaga muvofiq), toʻlangan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun keyingi oyning 5 sanasiga qadar tegishli Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga yuboradilar”.
6. 18-banddagi “Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari” degan soʻzlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 19-banddagi “Bandlikka koʻmaklashish markazlari va Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari yilning har bir chorak” degan soʻzlar “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har bir oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 21-banddagi “Mehnat hamda ijtimoiy taʼminot boʻlimlari” degan soʻzlar “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 1-ilovadagi “Bandlikka koʻmaklashish markazi” va “tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimiga” degan soʻzlar tegishlicha “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 2-ilovadagi “tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi”, “Bandlikka koʻmaklashish markaziga” va “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar tegishlicha “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi”, “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga” va “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin
11. 3-ilovadagi “chorak”, “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga”, “Bandlikka koʻmaklashish markazi” va “tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi” degan soʻzlar tegishlicha “oy”, “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga”, “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Mazkur Yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2010-yil 29-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 287-modda)