Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YUNESKO XALQARO GIDROLOGIYA DASTURI BOʻYICHA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
Global gidrologiya va geokimyo jarayonlari boʻyicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, suv resurslarini, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning gidrologik jihatlarini kompleks baholash va boshqarish, shuningdek bilimlar va texnologiyalarni berish uchun Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO bilan oʻzaro samarali hamkorlik qilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi (bundan keyin Milliy komissiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. Milliy komissiya toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Milliy komissiya Xalqaro gidrologiya dasturi boʻyicha YUNESKO Hukumatlararo kengashida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiladi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-noyabr,
495-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-noyabrdagi 495-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi
TARKIBI
| | | | | |
| Chub V.E. | — | “Boshgidromet” boshqarmasi boshligʻi, komissiya raisi | ||
| Sherimbetov H.S. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari | ||
| Jalolov A.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari | ||
| Borovikova L.N. | — | Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari, komissiyaning masʼul kotibi | ||
|
Komissiya aʼzolari: | ||||
| 1. |
Akbarov H.A. |
— | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilmiy-muvofiqlashtirish kompleksi raisining oʻrinbosari | |
| 2. |
Abdullayev U.V. |
— | “Oʻzgipromelioratsiyasuvxoʻjaligi” instituti direktori | |
| 3. |
Anorboyev T.A. |
— | Energetika va elektrlashtirish vazirligining boshqarma boshligʻi | |
| 4. |
Rasulov D.M. |
— | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining boshqarma boshligʻi | |
| 5. |
Leshanskiy A.I. |
— | “Sirdaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasining boʻlim boshligʻi | |
| 6. |
Mahmudov E.J. |
— | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti direktori | |
| 7. |
Muhammadiyev A.M. |
— | Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasining boshqarma boshligʻi oʻrinbosari | |
| 8. |
Niyozov R.A. |
— | “Oʻzbekgidrogeologiya” davlat geologiya korxonasining bosh direktori | |
| 9. |
Nazarov I.U. |
— | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boshqarma boshligʻi vazifasini bajaruvchi | |
| 10. |
Shamsiyev F.K. |
— | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining boʻlim mudiri | |
Izoh: YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi boʻyicha milliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangi tayinlangan shaxslar Komissiya tarkibiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-noyabrdagi 495-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) suv resurslari va ulardan Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish muammolari samarali hal etilishini taʼminlash hamda muammolarning mintaqaviy va xalqaro darajalarda hal etilishida manfaatdor vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va mazkur Nizomga amal qiladi hamda YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va manfaatdor vazirliklar, idoralar, muassasalar va mutaxassislarni jalb qilish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining ushbu jarayonga qoʻshgan hissasini koʻpaytirish maqsadida Xalqaro gidrologiya dasturida Oʻzbekiston Respublikasining ishtiroki Milliy dasturini ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi boʻyicha rejalarini muvofiqlashtirish va ishlarining bajarilishini baholash;
YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturida Oʻzbekiston Respublikasining ishtiroki Milliy dasturini samarali bajarish maqsadida manfaatdor vazirliklar, idoralar va muassasalarning hamkorligini tashkil etish;
YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturida Oʻzbekiston Respublikasining qatnashishi masalalari boʻyicha kelishilgan takliflarni tayyorlash;
YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi bajarilishi natijasida olingan tavsiyalar va takliflarni koʻrib chiqish va tarqatish;
zarurat boʻlganda YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturida Oʻzbekiston Respublikasining qatnashishi Milliy dasturi boʻlimlarini tayyorlash, Xalqaro gidrologiya dasturi bajarilishi bilan bogʻliq vazifalarni tahlil qilish va hal etish uchun maxsus Ishchi guruhlar tashkil etish;
YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi doirasida bajariladigan xalqaro hamkorlik loyihalarini koʻrib chiqish;
YUNESKO, YUNEP, VMO va boshqa xorijiy tashkilotlar, agentlik, tuzilmalar shafeligi ostida oʻtkaziladigan boshqa xalqaro dasturlar va loyihalar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
xalqaro tadbirlarda ishtirok etish va YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturida Oʻzbekiston Respublikasining hamkorlik qilishi, qatnashishini rivojlantirish va ishtiroki shakllarini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritish;
4. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishiga erishish maqsadida:
daryo oqimi, yer osti suvlari va suv resurslari mintaqaviy tadqiqotlari va monitoringi yuksak ilmiy saviyada oʻtkazilishiga koʻmaklashadi;
melioratsiya qilinadigan yerlardagi gidrologiya jarayonlarini oʻrganishga va mintaqaning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sugʻoriladigan dehqonchilikni melioratsiyalashning suv muvozanati asoslanishiga koʻmaklashadi;
YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi doirasida oʻtkaziladigan xalqaro simpoziumlar, konferensiyalar, ilmiy seminarlar, oʻquv tadbirlari tashkil etilishi va oʻtkazilishida qatnashadi;
gidrolog mutaxassislar tayyorlashga va ularning kasb malakasini oshirishga, shuningdek gidrologiya va suv resurslari sohasiga doir axborot hamda Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi bajarilishining ahamiyati jamoatchilik oʻrtasida yoyilishiga har tomonlama koʻmaklashadi.
5. Komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Rais boshchilik qiladi.
Komissiya tarkibiga manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
6. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Komissiya bir yilda kamida ikki marta majlis oʻtkazadi, Komissiya qarorlari uning vakolatlari doirasida koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlarga yuboriladi.
8. Komissiya ishlarini tashkiliy jihatdan taʼminlashni Komissiyaning masʼul kotibi amalga oshiradi.