Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MUZEYLAR FAOLIYATINI QOʻLLAB-QUVVATLASh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-sonli “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi PF-1913-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi qoshida tashkil etilgan Muzeylarni qoʻllab-quvvatlash respublika “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasining markaziy apparati tuzilmasiga va shtatlar jadvaliga 1 va 2-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jamgʻarma Nizomini roʻyxatdan oʻtkazganligi inobatga olinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasiga, Oʻzbekiston muzeylari jamoatchilik Kengashining Xalqaro muzeylar Kengashi (IKOM)ga aʼzo boʻlganini inobatga olib, Oʻzbekiston muzeylari jamoatchilik Kengashiga har taraflama yordam koʻrsatish vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasining raisi Madaniyat ishlari vazirligi hayʼatining aʼzosi hisoblanadi. Jamgʻarma raisi maqomi, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi apparatini va “Moziydan sado” jurnalining tahririyatini ijara haqi toʻlamay turish sharti bilan joylashtirish masalasini hal qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Badiiy akademiya bilan birgalikda 1999-yildan boshlab muzey xodimlari malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida oʻquv rejasi va dasturlarini tuzish, muzeyshunos mutaxassislar tayyorlashni yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. 1998-yilning ikkinchi yarmidan boshlab muzey xodimlarining oylik maoshlariga 25 foiz ustama haq toʻlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur ustama haq joriy etiladigan muzey xodimlarining lavozimlar roʻyxatini belgilasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 25 (yigirma besh) mln soʻm;
“Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi idorasiga 1 ta yengil avtomashina xarajatlari uchun limit ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Madaniyat ishlari vazirligi bir oy muddatda 1998-1999-yillarda mamlakat muzeylarini asosli tuzatish, muzey inshootlari qurish, ularni zarur texnik vositalar va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashni mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha taklif tayyorlasinlar va uni Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. “Toshkentshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi buyurtmasiga muvofiq xizmat avtomashinasi ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasini uning buyurtmasiga binoan belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga har tomonlama yordam koʻrsatsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 5-mart,
98-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi 98-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Muzeylarni qoʻllab-quvvatlash respublika “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi markaziy apparatining tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi 98-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Muzeylarni qoʻllab-quvvatlash respublika “Oʻzbekmuzey” jamgʻarmasi markaziy apparatining shtatlar jadvali
|
Lavozimlar |
Soni |
| I. Rahbariyat | 1 |
| 1. Rais | 1 |
| 2. Rais oʻrinbosari — ijro etuvchi direktor | 1 |
| 3. Kadrlar boʻyicha inspektor | 1 |
| 4. Bosh hisobchi | 1 |
| II. Ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi | |
| 5. Boʻlim mudiri | 1 |
| 6. Bosh mutaxassis | 1 |
| 7. Etakchi mutaxassis | 1 |
| III. Tashqi aloqalar va koʻrgazmalar boʻlimi | |
| 8. Boʻlim mudiri | 1 |
| 9. Bosh mutaxassis | 1 |
| IV. Tijorat, reklama va xoʻjalik ishlari boʻlimi | |
| 10. Boʻlim mudiri | 1 |
| 11 .Bosh mutaxassis | 1 |
| 12. Hisobchi | 1 |
|
JAMI: |
12 |
Keyingi tahrirga qarang.