Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
1999-yil 8-noyabrda Pekin shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida pochta va telekommunikatsiyalar sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
1999-yil 8-noyabrda Pekin shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
1999-yil 3-avgustda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Ahmedov, H.S. Karamatov, M.Z. Usmonov hamda tashqi ishlar vaziri A.X.Kamilovga ushbu bitimlarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 11-dekabr,
525-son