Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OSIYO TARAQQIYOT BANKINING OʻZBEKISTONDA DOIMIY VAKOLATXONASI OCHILISHI TOʻGʻRISIDAGI BITIMNI TASDIQLASH HAQIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 1997-yil 24-sentabrda Manila shahrida (Filippin) imzolangan Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) Doimiy vakolatxonasini ochish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini va Toshkent shahrida Osiyo taraqqiyot bankining Doimiy vakolatxonasini ochish boʻyicha kompleks masalalarning hal etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 16-yanvar,
27-son