Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “ISTEʼMOLChILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILIShDA JAMOATChILIK IShTIROKINI KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2002 YIL 28 NOYABRDAGI 414-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasiga muvofiq isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik tashkilotlari tomonidan monitoring olib borishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 73-modda) 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Ichki bozorda sotiladigan isteʼmol tovarlarining zarur sifatda boʻlishini va xavfsizligini hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini taʼminlash yuzasidan monitoring olib borish isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda tasdiqlangan Oʻzbekiston isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi rejalari asosida amalga oshiriladi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 6-avgust,
171-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 32-son, 271-modda)