16.06.2010 yildagi 91-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIRGʻIZISTON RESPUBLIKASINING JANUBIDA ROʻY BERAYOTGAN VOQEALARGA DOIR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi kunlarda Qirgʻiziston Respublikasining janubida roʻy berayotgan fojiali voqealardan butun mamlakatimiz xalqi kabi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari ham qattiq tashvish chekmoqdalar, jiddiy xavotirdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy qotilliklar, himoyasiz qolgan tinch aholiga, shu jumladan bolalar va xotin-qizlarga nisbatan qilinayotgan gʻayriinsoniy, shafqatsiz zoʻravonlik, talon-taroj va qirgʻinlar yaxshi qurollangan, ustalik bilan tashkil etilgan, hech narsadan hayiqmay harakat qilayotgan bosqinchi toʻdalar tomonidan sodir etilayotganligi nafrat uygʻotmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Azal-azaldan Qirgʻiziston Respublikasining janubida istiqomat qilib kelayotgan oʻzbek millatiga mansub aholiga nisbatan sodir etilayotgan qotilliklar, zoʻravonlik va talon-taroj ommaviy tus olganligi oʻta xavotirlik uygʻotmoqda va bunga toqat qilib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻy berayotgan voqealar ortida zimdan ish olib borayotgan, qirgʻiz xalqining manfaatlari oʻzi uchun yot boʻlgan kuchlar turganligiga Oʻzbekiston parlamenti aʼzolarining ishonchi komil. Bu qora kuchlar millatlar oʻrtasida nizo qoʻzgʻatish, Qirgʻiziston janubidagi vaziyatni beqarorlashtirish niyatida uzoqni koʻzlab harakat qilmoqdalar. Keng koʻlamli bu igʻvogarlik oqibatida qon toʻkilmoqda, yuzlab odamlar halok boʻldi va halok boʻlmoqda, minglab kishilar yarador boʻldi, oʻz boshpanasidan ayrildi. Oʻzbekistonning chegaradosh tumanlariga oʻz jonini saqlab qolish uchun qochib oʻtgan Qirgʻiziston fuqarolari soni 75 ming nafardan oshib ketdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Qirgʻizistonning tegishli tuzilmalarini voqealarning fojiali rivojlanishiga toʻsiq qoʻyish, tartibni tiklash, hayotni tinch oʻzanga burish borasida jadal va toʻla-toʻkis choralar koʻrishga, buning uchun bor imkoniyatdan toʻliq foydalanishga daʼvat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston parlamenti aʼzolarining ishonchi komilki, Qirgʻiziston xalqidagi donishmandlik, koʻp asrlardan buyon turli millat va elatlar bir tan, bir jon boʻlib yashab kelayotgan, yelkama-yelka turib mehnat qilayotgan mamlakatning sogʻlom kuchlari hozirgi ogʻir kunlarga, qotilliklarga, boshboshdoqlik va zoʻravonlikka barham berishga, vaziyatni barqarorlashtirishga, Qirgʻizistonning koʻp millatli xalqi tinch-totuv yashashini taʼminlashga qodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov rahbarligida Oʻzbekiston olib borayotgan mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni, Qirgʻizistonning musibatda qolgan aholisiga insonparvarlik yordami koʻrsatish boʻyicha mamlakatimiz hukumati tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qirgʻiziston Respublikasining janubida roʻy berayotgan fojiali voqealarni muhokama qilib hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining tashabbusini eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi :
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari, jamoat birlashmalari vakillari bilan yaqin hamkorlikda aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida Qirgʻizistonning janubida yuzaga kelayotgan vaziyat boʻyicha, mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashda faol ishtirok etish toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 27-yanvar kuni boʻlib oʻtgan qoʻshma majlisida qilgan “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” mavzuidagi maʼruzasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga asoslangan holda mamlakatda tinchlik va barqarorlikni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari muhofaza qilinishini taʼminlashga qaratilgan qonun ijodkorligi faoliyatini faollashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlar guruhlarining fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi, mamlakatda barcha fuqarolar, millatlar oʻrtasidagi tinch-totuvlikni saqlashga, aholi xushyorligini oshirishga, tinchlikni, Oʻzbekiston barqaror rivojlanishini, demokratik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar izchil amalga oshirilishini taʼminlash ishida aholi ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan faoliyati qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 16-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№ 91-II.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 6-son, 238-modda)