Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. Tasdiqlansin:
1996-yil 4-oktabr kuni Moskva shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Sochi shahrida joylashgan “Oʻzbekiston” sanatoriy kompleksi toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi mazkur shartnomada nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri U.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 2-dekabr,
428-son