Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KARTOShKAChILIKDA BOZOR MUNOSABATLARINI ChUQURLAShTIRISh VA RESPUBLIKADA KARTOShKA YETIShTIRIShNI KOʻPAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima, 1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 274-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 82-modda)
3. Quyidagilar “Oʻzkartoshka” firmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
urugʻchilikning oʻz bazasini tashkil etish, navni yangilash maqsadida respublika tashqarisidan urugʻlik kartoshka keltirish yoʻli bilan respublika xoʻjaliklarining urugʻlik kartoshkaga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash;
kartoshka yetishtirish texnologiyasini takomillashtirishda va uning urugʻchiligini tashkil etishda kartoshkachilik xoʻjaliklariga yordam berish;
yuqori reproduksiyali urugʻlik yetishtirish, kartoshka seleksiyasi va urugʻchiligi ishlarini kuchaytirish masalasida ilmiy muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini respublika kartoshkachiligiga joriy etish;
respublikada kartoshkachilikni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi oʻzaro foydali tashqi iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4, 5 va 6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 274-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 82-modda)
7. Toshkent tumanidagi kartoshka saqlash ombori “Sabzavotnavurugʻlari” Toshkent viloyat birlashmasi balansidan “Oʻzkartoshka” firmasi balansiga berilsin.
8. “Oʻzkartoshka” firmasi Toshkent shahri, Solomatina koʻchasi, 248-uyga, “Sabzavotnavurugʻlari” Toshkent viloyat birlashmasi esa — Toshkent tumanidagi urugʻlik saqlash bazasi hududida joylashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 274-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 82-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
301-son