Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
GFR BILAN HAMKORLIK MASALALARI BOʻYICHA IDORALARARO KOMISSIYA HAMDA SAVDO VA INVESTITSIYA BOʻYICHA OʻZBEK-NEMIS ISHCHI GURUHINI TUZISH TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. GFR bilan hamkorlik masalalari boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Germaniya Federal iqtisodiyot vazirligining savdo va investitsiyalar boʻyicha doimiy Oʻzbekiston-Germaniya ishchi guruhini tuzish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston tomonidan GFR bilan hamkorlik masalalari boʻyicha idoralararo komissiya aʼzolari, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat Oʻzbekiston-Germaniya ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarga:
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi — GFR bilan hamkorlik masalalari boʻyicha idoralararo komissiya kotibiyati funksiyalarini bajarish va Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston-Germaniya ishchi guruhi ishini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston-Germaniya ishchi guruhi — ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikning aniq yoʻnalishlari va loyihalarini belgilash.
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Germaniya tomoni bilan kelishgan holda 1995-yilning ikkinchi choragida Toshkent shahrida Oʻzbekiston — Germaniya ishchi guruhining birinchi majlisini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston — Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 2-martdagi 108-son qaroriga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 12-may,
166-son