22.07.2010 yildagi 156-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.07.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKANING QISHLOQ TUMANLARIDA ONALAR VA BOLALARNING REPRODUKTIV SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan va profilaktik sogʻliqni saqlashni yanada rivojlantirish, eng avvalo qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, “Sogʻlom ona — sogʻlom bola” maqsadli vazifani izchil amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasining 2010 — 2015-yillarda qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollarni tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlarning maxsus komplekslari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 — 2014-yillarda respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslari tarkibidagi vitaminlarning eng kam roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslarini xarid qilish, taqsimlash va ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslarini xarid qilish boʻyicha Idoralararo tender komissiyasi tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda homilador ayollar uchun polivitaminlar kompleksini xarid qilish uchun ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga nazarda tutilgan xarajatlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga 8,0 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2014-yillarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlarning maxsus komplekslarini sotib olishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan olib kiriladigan tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan 1-ilovaga kiritilgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslari 2015-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Polivitaminlarning maxsus komplekslari respublikaning qishloq tumanlaridagi homilador ayollar soniga, preparatlarning zarur tarzda transportda tashilishiga va saqlanishiga, ularning homilador ayollarga maqsadli ajratilishiga, shuningdek polivitaminlar komplekslaridan foydalanishning zarur tarzda hisobga olinishi va hisobot berilishiga qarab hududlar boʻyicha asosli taqsimlanishini taʼminlash uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi polivitaminlar komplekslarini xarid qilishga ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini, shuningdek asosli va aniq tarzda taqsimlanishini, tuman tibbiyot birlashmalari va qishloq vrachlik punktlarigacha yetkazib berilishini, zarur tarzda omborga joylashtirilishi va saqlanishini, homilador ayollarga aniq tarzda ajratilishini muntazam ravishda tekshirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi ommaviy axborot vositalari, shu jumladan mahalliy televideniye, radio va gazetalar orqali homilador ayollarning reproduktiv salomatligini va ularning boʻlajak farzandlari salomatligini mustahkamlash uchun polivitaminlar komplekslarini qabul qilishning muhimligi toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari respublikaning qishloq tumanlarida homilador ayollar salomatligini mustahkamlashga va aholining tibbiy madaniyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yoritilishiga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-iyuldagi 156-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 — 2014-yillarda respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslari tarkibidagi vitaminlarning eng kam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vitaminlar nomi Oʻlchov birligi Bir kecha-kunduzga vitaminlarning eng kam miqdori TIF TN kodi
Bir kecha-kunduzga vitaminlarning eng kam miqdori mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlarning maxsus kompleksi: —‎ —‎ 2106909803,
‎3004501009
Foli kislotasi (folatsin, V9, Vs vitamini) Mkg‎ 400‎
“A” vitamini (retinol) ME‎ 1500‎
“E” vitamini (tokoferol) ME‎ 10‎
“D” vitamini (kalsiferollar) ME‎ 200‎
S vitamini (askorbin kislota) mg‎ 75‎
V1 vitamini (tiamin) mg‎ 1,5‎
V2 vitamini (riboflavin) mg‎ 1,7‎
V6 vitamini (piridoksin) mg‎ 2,6‎
B12 vitamini (sianokobalamin) Mkg‎ 4‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komplekslarda mineral moddalar, shu jumladan temir va kalsiy mavjud boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-iyuldagi 156-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslarini xarid qilish, taqsimlash va ajratish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan hamda respublikaning qishloq tumanlarida, shu jumladan shahar tipidagi posyolkalarda yashaydigan homilador ayollar uchun tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlarning maxsus komplekslarini (keyingi oʻrinlarda “polivitaminlar komplekslari” deb ataladi) xarid qilish, taqsimlash, ajratish, hisobga olish va ulardan foydalanilganligi toʻgʻrisida hisobot berish tartibi va mexanizmini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Polivitaminlar komplekslariga har yilgi ehtiyojni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi har yili joriy yilning oktabr oyigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi yilda homilador ayollarning kutilayotgan soni hamda mintaqalar va qishloq tumanlari boʻyicha polivitaminlar komplekslariga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir homilador ayolga polivitaminlar komplekslariga boʻlgan ehtiyoj uni homiladorlikning 5 oyi mobaynida polivitaminlar komplekslari bilan taʼminlashdan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Polivitaminlar komplekslarini xarid qilish, taqsimlash tartibi va mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Polivitaminlar komplekslarini xarid qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tender asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻzbektenderkonsalting” agentligi tender komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari 2010 — 2015-yillarda polivitaminlar komplekslarini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tender savdolari faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Qoʻllashga ruxsat berilgan dori vositalari, tibbiyot texnikasi va tibbiy maqsadlardagi buyumlarning davlat reyestriga kiritilgan polivitaminlar komplekslariga eʼlon qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyingi davrda tender savdolariga qoʻyiladigan polivitaminlar komplekslarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida klinik qoʻllash tajribasi kamida 2 (ikki) yil boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tender savdolari shartlari tovarni ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchining polivitaminlar komplekslari isteʼmol oʻramiga “Sotish man etiladi” degan yozuvni yozish va har bir oʻramga qoʻllash boʻyicha davlat tilidagi yoʻriqnomani ilova qilish majburiyatini nazarda tutishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan keyin mintaqalar boʻyicha polivitaminlar komplekslarini omborga joylashtirish va taqsimlashni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Polivitaminlar komplekslari mintaqalargacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mintaqalarda polivitaminlar komplekslari omborga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari davolash muassasasining dorixona omborlaridan birida joylashtiriladi va saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyalar polivitaminlar komplekslarini tumanlar, qishloq vrachlik punktlari va ularning filiallari boʻyicha taqsimlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Polivitaminlar komplekslari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari davolash muassasasi dorixona omboridan tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Polivitaminlar komplekslarini tumanlarda omborga joylashtirish va saqlash tuman tibbiyot birlashmasining kasalxona ichki dorixonasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Polivitaminlar komplekslari tuman tibbiyot birlashmasining kasalxona ichki dorixonasidan qishloq vrachlik punkti va uning filialining moddiy javobgar shaxsi tomonidan yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Polivitaminlar komplekslari qishloq vrachlik punkti va uning filialining katta tibbiyot hamshirasi xonasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yetkazib berish va omborga joylashtirishning har bir bosqichida polivitaminlar komplekslarini berish tegishli tovar hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Polivitaminlar komplekslarini ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Polivitaminlar komplekslari faqat respublikaning qishloq tumanlarida, shu jumladan shahar tipidagi posyolkada yashaydigan ayollarda homiladorlik aniqlangandan keyin tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti vrachi tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Polivitaminlar komplekslari tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti vrachi tomonidan homiladorlik aniqlangan paytdan boshlab quyidagi sxema boʻyicha tayinlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — homiladorlik aniqlangandan keyin birinchi uch oyda har bir ayolga 60 kun mobaynida qabul qilish hisobidan kelib chiqib polivitaminlar kompleksi beriladi. Soʻngra homiladorlikning keyingi ikki oyi mobaynida polivitaminlar komplekslarini qabul qilish toʻxtatilishi zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda — ikki oylik tanaffusdan soʻng har bir ayolda homiladorlikning keyingi 90 kuni mobaynida qabul qilish hisobidan kelib chiqib polivitaminlar kompleksi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Polivitaminlar komplekslari berilishi hisobi tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti vrachi tomonidan homilador ayolning ambulatoriya kartasiga yozuvni qayd etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Homilador ayol maxsus roʻyxatdan oʻtkazish jurnaliga polivitaminlar komplekslari olinganligi toʻgʻrisida imzo chekadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Homiladorlik toʻxtatilgan taqdirda ayolga polivitaminlar kompleksini berish toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Polivitaminlar komplekslari berilishini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish maxsus jurnallarda tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti vrachi va qishloq vrachlik punkti filialining moddiy javobgar oʻrta tibbiyot xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Polivitaminlar komplekslaridan foydalanishni hisobga olish va hisobot berish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari hisobot beriladigan yil choragidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga polivitaminlar komplekslari taqsimlanishi va ajratilishi boʻyicha hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi polivitaminlar komplekslarini xarid qilishga ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni, shuningdek ularning asosli va aniq tarzda taqsimlanishini, yetkazib berilishi va homilador ayollarga ajratilishini tizimli asosda tekshirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Polivitaminlar komplekslari maqsadli ajratilishi va ulardan foydalanish uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari va tuman tibbiyot birlashmalariga yuklanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 253-modda; 2014-y., 44-son, 537-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)