Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
VINO IShLAB ChIQARISh XODIMLARI UChUN MEHNAT MUHOFAZASI QOIDALARINING 39-BANDIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1754-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 5-noyabrdagi M-44-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1754, 2007-yil 27-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalarining 39-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 6-iyul,
133-B-son
Kelishildi:
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 5-iyul
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 5-iyul
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 5-iyul
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
2010-yil 5-iyul
“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2010-yil 5-iyul
“Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasining raisi S. SAIDJALOLOV
2010-yil 5-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 243-modda)