Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1995 YILDA “MUSTAQILLIK” PUL-BUYuM LOTEREYaSINI ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 4 yilligini nishonlash va respublika aholisining ishlatilmayotgan naqd pul mablagʻlarini jalb etish yoʻli bilan milliy valyutani mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzjamgʻarmabank”, Aloqa vazirligi, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuvning 250 mln soʻmlik miqdorda “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini chiqarish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Lotereya boʻyicha yutuqlar summasi 187,5 mln soʻmni yoki chiqarilgan lotereya umumiy summasining 75 foizini tashkil qiladi.
2. “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini oʻtkazish shartlari va tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, lotereya biletlarini sotish “Oʻzjamgʻarmabank”, Aloqa vazirligi, “Oʻzbeksavdo”, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi muassasalarida hamda ushbu maqsadlar uchun shartnoma asosida jalb etilgan shaxslar orqali, qatʼiy ixtiyoriylik asosida, naqd pulga amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-avgustdagi 310-sonli qarori tahririda)
“Mustaqillik” pul-buyum lotereyasi respublika hududida 2-ilovaga muvofiq taqsimlansin.
4. Vakillar etib quyidagilar belgilansin:
lotereya biletlarini qabul qilib olish, saqlash va yutuqlarni toʻlash boʻyicha — “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalari;
lotereya biletlarini “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalariga hamda biletlarni tarqatuvchi tashkilotlarga yetkazib berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Oʻzjamgʻarmabank”;
yutuqqa chiqqan tovarlarni yetkazib berish boʻyicha — Oʻzbekbirlashuv.
5. Belgilab qoʻyilsinki, yutuqlarni berish va joʻnatish Oʻzbekbirlashuvning ulgurji bazalari tomonidan amalga oshirilsin.
6. Davlat konsernlari, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar va boshqa tovar ishlab chiqaruvchilar zarur tovarlarni Oʻzbekbirlashuvning ulgurji bazalariga 3-ilovaga muvofiq narxlarda, miqdorlarda va assortimentda oʻz vaqtida sotishni taʼminlasinlar.
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi va “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi yutuqqa chiqqan tovarlarni tashish uchun Oʻzbekbirlashuvning ulgurji bazalari buyurtmalariga koʻra zarur miqdorda transport vositalari ajratishni taʼminlasinlar.
8. Buyum yutuqlarining qiymati 1995-yil 1-apreldagi ulgurji-berish narxlari boʻyicha belgilanadi. Tovarlarni sotib olish vaqtida narxlar oʻzgargan hollarda narxlardagi farq lotereya biletlarini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
9. “Oʻzjamgʻarmabank” Oʻzbekbirlashuvning yutuqqa chiqqan tovarlarni yetkazib berishga oid xarajatlarni Oʻzbekbirlashuvning hisob-kitoblari boʻyicha avans tariqasida toʻlasin. Oʻzbekbirlashuv yutuqqa chiqqan tovarlarni berish muddati tugaganidan soʻng haqiqiy qilingan sarf-xarajatlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etib “Oʻzjamgʻarmabank” bilan oʻzaro hisob-kitob qiladi.
10. Markaziy bank bir oy muddatda lotereya biletlarini tayyorlashni va yetkazib berishni taʼminlasin.
11. “Oʻzjamgʻarmabank”, “Oʻzbeksavdo”, Oʻzbekbirlashuv, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, “Oʻztayyorlovsavdo”, “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, OʻzA, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
aholi oʻrtasida lotereya biletlarini sotish yuzasidan keng reklama ishlarini tashkil etsinlar;
lotereya biletlarini sotishning borishi, biletlarni sotishdan tushgan pullarning oʻz vaqtida topshirilishi va yutuqlarning berilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
12. Belgilab qoʻyilsinki:
lotereya biletlarini sotishga jalb qilingan shaxslarga sotilgan biletlar summasining ikki foizi miqdorida haq toʻlanadi;
lotereya chiqarishdan olingan mablagʻlar (lotereyani oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni chegirgan holda) quyidagicha taqsimlanadi:
20 foizi — respublika budjeti daromadiga;
20 foizi — “Oʻzjamgʻarmabank” hisob-kitob schyotiga;
20 foizi — Oʻzbekbirlashuv hisob-kitob schyotiga;
15 foizi — “Oʻzbeksavdo” hisob-kitob schyotiga;
10 foizi — Markaziy bank hisob-kitob schyotiga;
10 foizi — Aloqa vazirligi hisob-kitob schyotiga;
5 foizi — tegishli hududda sotilgan lotereya biletlari ulushidan kelib chiqqan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hisob-kitob schyotiga.
13. Lotereya biletlarini sotishdan tushgan mablagʻlar “Oʻzjamgʻarmabank”ning maxsus schyotida toʻplanadi. Lotereya boʻyicha yutuqlarni toʻlash, shuningdek lotereyani chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar ushbu schyotdan amalga oshiriladi.
14. Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 1995-yilning 15-avgustigacha Vazirlar Mahkamasiga “Mustaqillik” lotereyasining yutuqlar tirajini oʻtkazuvchi komissiya tarkibi toʻgʻrisida taklif kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-aprel,
133-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-apreldagi 133-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini oʻtkazish shartlari va tartibi
1. “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasi (keyingi oʻrinlarda lotereya deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 4 yilligini nishonlash va respublika aholisining ishlatilmayotgan naqd pul mablagʻlarini jalb etish yoʻli bilan milliy valyutani mustahkamlash maqsadida chiqariladi.
2. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzjamgʻarmabank”, Aloqa vazirligi, “Oʻzbeksavdo” va Oʻzbekbirlashuv lotereyaning taʼsischilari hisoblanadilar.
3. Lotereya 250 000 000 (ikki yuz ellik million) soʻmlik miqdorda chiqariladi. Mana shu miqdordagi summaga nominal qiymati 10 soʻm boʻlgan 25 000 000 (yigirma besh million) dona lotereya bileti chiqariladi.
Lotereya biletlari har biri 6 250 000 (olti million ikki yuz ellik ming) soʻmlik boʻlgan 40 ta alohida razryadlarga boʻlinadi.
Lotereyaning har bir razryadi 000001 dan 006250 gacha tartib raqamiga ega boʻlgan 6250 seriyadan iborat boʻladi.
Har bir seriya 001 dan 100 gacha tartib raqamiga ega boʻlgan 100 biletdan iborat boʻladi.
4. Lotereyaning yutuqlar tiraji 1995-yilning 29-30-avgustidan Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
5. Lotereyaning yutuqlar miqdori 187 500 000 (bir yuz sakson yetti million besh yuz ming) soʻmni yoki lotereyani chiqarish umumiy summasining 75 foizini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Lotereyaning 40 razryadi boʻyicha tirajda umumiy miqdori 187500000 (bir yuz sakson yetti million besh yuz ming) soʻmlik 2972000 (ikki million toʻqqiz yuz yetmish ikki ming) yutuq, shu jumladan, 158869200 (bir yuz ellik sakkiz million sakkiz yuz oltmish toʻqqiz ming ikki yuz) soʻmlik 108920 (bir yuz sakkiz ming toʻqqiz yuz yigirma) buyum yutuqlari va 28630800 (yigirma sakkiz million olti yuz oʻttiz ming sakkiz yuz) soʻmlik 2863080 (ikki million sakkiz yuz oltmish uch ming sakson) pul yutuqlari oʻynaladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-avgustdagi 310-sonli qarori tahririda)
6. Lotereya biletlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Oʻzjamgʻarmabank” muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining aloqa boʻlimlari, savdo, matlubot kooperatsiyasi va “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi korxonalari hamda shu maqsadlar uchun shartnoma asosida jalb etilgan shaxslar tomonidan sotiladi.
7. Lotereya bileti 12x7 santimetr oʻlchamli toʻgʻri burchak shaklida boʻlib, davlat belgisi qoʻyilgan qogʻozdan tayyorlanadi. Lotereya biletining old tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri: “Oʻzbekiston — Kelajagi buyuk davlat”, “1995-yil 1-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 4 yilligi”, “Oʻzbekiston Respublikasining “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasi”, “Lotereya bileti”, “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzjamgʻarmabank”, Aloqa vazirligi, “Oʻzbeksavdo”, Oʻzbekbirlashuv degan yozuvlar; “Mustaqillik” maydonining tasviri; “Biletning bahosi 10 soʻm” degan yozuv; razryad, seriya, bilet tartib raqamlari; yutuqlar tiraji oʻtkaziladigan oy va kun hamda joy qayd etilgan boʻladi. Lotereya biletining orqa tomonida lotereyani oʻtkazish shartlari bayon qilinadi hamda “Sizga omad tilaymiz” soʻzlari yozilgan boʻladi. Barcha yozuvlar oʻzbek tilida ifodalanadi.
8. Lotereya biletlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va pul yutuqlarini toʻlash “Oʻzjamgʻarmabank” tomonidan amalga oshiriladi.
9. Buyum yutuqlarini berish va joʻnatish Oʻzbekbirlashuvning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ulgurji bazalari tomonidan amalga oshiriladi.
10. Buyum yutuqlari qiymati 1995-yil 1-apreldagi ulgurji-berish narxlari boʻyicha belgilangan. Tovarlarni sotib olish vaqtida narxlar oʻzgargan hollarda, narxlardagi farq lotereya biletlarini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
11. Lotereya biletlari boʻyicha pul yutuqlari yutuqli bilet koʻrsatilgach, “Oʻzjamgʻarmabank”ning barcha muassasalari tomonidan toʻlanadi.
Qiymati 3800 soʻmgacha (bu summa ham kiradi) boʻlgan buyum yutuqlari yutuq chiqqan lotereya biletlari “Oʻzjamgʻarmabank” operatsiya boʻlinmalarida dastlabki tekshiruvdan oʻtkazilgandan keyin Oʻzbekbirlashuv ulgurji bazalari tomonidan beriladi.
Qiymati 3800 soʻmdan ortiq boʻlgan buyum yutuqlari yutuq chiqqan lotereya biletlari “Oʻzjamgʻarmabank” tomonidan ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng “Oʻzjamgʻarmabank” topshiriqnomalari boʻyicha, topshiriqnoma olingandan keyin 15 kun mobaynida Oʻzbekbirlashuvning ulgurji bazalari tomonidan beriladi va joʻnatiladi.
Buyum yutuqlari naqd pul bilan berilmaydi.
12. Yutuq chiqqan lotereya biletlari pul yoki buyum yutugʻini olish uchun 1996-yil 1-fevralgacha (oʻsha kun ham kiradi) taqdim etilishi mumkin. Ana shu muddatdan keyin lotereya biletlari oʻz kuchini yoʻqotadi va yutuqni berish uchun qabul qilinmaydi.
“Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini oʻtkazish shartlari va tartibiga
ILOVA
ILOVA
| Yutuqlar nomi | Qiymati (soʻm) | 1 razryadga | 40 razryadga | ||
| miqdori (dona) | umumiy summasi (soʻm) | miqdori (dona) | umumiy summasi (soʻm) | ||
| “TICO” avtomobili | 279540 | 1 | 279540 | 40 | 11181600 |
| “Labo” avtomobili | 220830 | 1 | 220830 | 40 | 8831200 |
| Yumshoq mebel toʻplami | 10000�� | 65 | 650000 | 2600 | 26000000 |
| Devor shkafi toʻplami (korpus mebeli) | 9500 | 15 | 142500 | 600 | 5700000 |
| “Daewoo” rangli televizori | 8000 | 15 | 120000 | 600 | 4800000 |
| Oshxona mebeli toʻplami | 6500 | 50 | 325000 | 2000 | 13000000 |
| “Samo” 5 lampali yoritgichi | 5774 | 5 | 28870 | 200 | 1154800 |
| Chinnidan qoʻlda ishlangan dekorativ buyumlar | 5500 | 2 | 11000 | 80 | 440000 |
| “Semurgʻ” oq-qora tasvirli televizor | 4000 | 50 | 200000 | 2000 | 8000000 |
| Dala hovli mebeli toʻplami | 3000 | 100 | 300000 | 4000 | 12000000 |
| Polda turadigan oyna | 2520 | 50 | 126000 | 2000 | 5040000 |
| “Gulshan” 4 lampali yoritgichi | 2455 | 10 | 24550 | 400 | 982000 |
| “Petrovskiy” shoxmoti | 2380 | 73 | 173740 | 2920 | 6949600 |
| Gilam 2x3 m | 2100 | 300 | 630000 | 12000 | 25200000 |
| “Oygul” kir yuvish mashinasi | 1500 | 4 | 6000 | 160 | 240000 |
| Mayatnikli devor soati | 1420 | 8 | 11360 | 320 | 454400 |
| “Diadema” yoritgichi | 1390 | 11 | 15290 | 440 | 611600 |
| “Versal” vanna toʻplami | 1330 | 100 | 133000 | 4000 | 5320000 |
| “Osiyo” 6 lampali yoritgichi | 1250 | 8 | 10000 | 320 | 400000 |
| Rezina sport qayigʻi | 841 | 3 | 2523 | 120 | 100920 |
| Devor soati | 800 | 100 | 80000 | 4000 | 3200000 |
| Konvektorlar | 777 | 13 | 10101 | 520 | 404040 |
| Artikuli 1228 boʻlgan dekoravtiv stolcha | 700 | 12 | 8400 | 480 | 336000 |
| Olti blokdan iborat mayda narsalarni saqlash uchun toʻplam | 660 | 100 | 66000 | 4000 | 2640000 |
| Artikuli 2729 boʻlgan dekoravtiv stolcha | 550 | 26 | 14300 | 1040 | 572000 |
| Elektr mikser | 430 | 12 | 5160 | 480 | 206400 |
| Stol chirogʻi | 386 | 56 | 21616 | 2240 | 864640 |
| Telefon apparati (trubka) | 350 | 25 | 8750 | 1000 | 350000 |
| “Snejok” 1 lampali yoritgichi | 343 | 25 | 8575 | 1000 | 344000 |
| Suvenir idishli taqinchoq | 340 | 100 | 34000 | 4000 | 1360000 |
| 3 litrli termos | 300 | 100 | 30000 | 4000 | 1200000 |
| Elektr dazmol | 291 | 27 | 7857 | 1080 | 314280 |
| “Landish” 1 lampali yoritgichi | 260 | 24 | 6240 | 960 | 249600 |
| “Semurgʻ” radiopriyomnigi | 250 | 80 | 20000 | 3200 | 800000 |
| Oʻramdagi klipsalar | 240 | 3 | 720 | 120 | 28800 |
| Bir kiyimlik xonatlas (5m) | 225 | 1000 | 225000 | | 9000000 |
| Oshxona toʻplami (zanglamaydigan poʻlatdan ishlangan) | 192 | 49 | 9408 | | 376320 |
| Pyezozajigalkalar | 54 | 100 | 5400 | | 216000 |
| 10 soʻmlik yutuq | 10 | 71577 | 71570 | 2863080 | 28630800 |
| Jami | 74300 | | 4687500 | 2972000 | 187500000 |
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-apreldagi 133-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Mustaqillik” pul-buyum lotereyasi summasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boʻyicha
taqsimlanishi
|
Hududlar |
Summa |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 16.25 |
| viloyatlar: | |
| Andijon | 21.25 |
| Buxoro | 16.00 |
| Jizzax | 10.00 |
| Qashqadaryo | 21.50 |
| Navoiy | 8.75 |
| Namangan | 21.25 |
| Samarqand | 22.25 |
| Surxondaryo | 15.00 |
| Sirdaryo | 7.50 |
| Toshkent | 25.00 |
| Fargʻona | 25.00 |
| Xorazm | 15.00 |
| Toshkent shahri | 25.25 |
| JAMI: | 250.00 |
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-apreldagi 133-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini oʻtkazish uchun ajratiladigan xalq isteʼmol tovarlari
| Tovarlar nomi | Ishlab chiqaruvchilar | Narxi (soʻm) | Miqdori (dona) | Summasi (soʻm) |
| “TICO” avtomobili | Oʻzavtoprom | 279540 | 40 | 11181600 |
| “Labo” avtomobili | Oʻzavtoprom | 220830 | 40 | 8833200 |
| “Daewoo” rangli televizori | Oʻzavtoprom | 8000 | 600 | 4800000 |
| Yumshoq mebel toʻplami | Oʻzbekmebel | 10000 | 2600 | 26000000 |
| Devor shkafi toʻplami (korpus mebeli) | Mahalliy sanoat | 9500 | 600 | 5700000 |
| Oshxona mebeli toʻplami | Mahalliy sanoat | 6500 | 2000 | 13000000 |
| 3 litrli termos | Mahalliy sanoat | 300 | 4000 | 1200000 |
| “Samo” 5 lampali yoritgichi | Oʻzeltexprom | 5774 | 200 | 1154800 |
| “Semurgʻ” oq-qora tasvirli televizor | Oʻzeltexprom | 4000 | 2000 | 8000000 |
| “Gulshan” 4 lampali yoritgichi | Oʻzeltexprom | 2455 | 400 | 982000 |
| “Diadema” yoritgichi | Oʻzeltexprom | 1390 | 440 | 611600 |
| “Osiyo” 6 lampali yoritgichi | Oʻzeltexprom | 1250 | 120 | 400000 |
| Konvektorlar | Oʻzeltexprom | 777 | 520 | 404040 |
| Stol chirogʻi | Oʻzeltexprom | 386 | 2240 | 864640 |
| Elektr dazmol | Oʻzeltexprom | 291 | 1080 | 314280 |
| “Snejok” 1 lampali yoritgichi | Oʻzeltexprom | 341 | 1000 | 341000 |
| “Landish” 1 lampali yoritgichi | Oʻzeltexprom | 260 | 960 | 249600 |
| “Semurgʻ” radiopriyomnigi | Oʻzeltexprom | 250 | 3200 | 800000 |
| Pyezozajigalkalar | Oʻzeltexprom | 54 | 4000 | 216000 |
| Chinnidan qoʻlda ishlangan dekorativ buyumlar | “Sovplastital” QK | 5500 | 80 | 440000 |
| Dala hovli mebeli toʻplami | “Sovplastital” QK | 3000 | 4000 | 1200000 |
| Polda turadigan oyna | “Sovplastital” QK | 2520 | 2000 | 5040000 |
| “Petrovskiy” shoxmoti | “Sovplastital” QK | 2380 | 2920 | 6949600 |
| Mayatnikli devor soati | “Sovplastital” QK | 1420 | 320 | 454400 |
| “Versal” vanna toʻplami | “Sovplastital” QK | 1330 | 4000 | 5320000 |
| Devor soati | “Sovplastital” QK | 800 | 4000 | 3200000 |
| Artikuli 1228 boʻlgan dekoravtiv stolcha | “Sovplastital” QK | 700 | 480 | 16000 |
| Olti blokdan iborat mayda narsalarni saqlash uchun toʻplam | “Sovplastital” QK | 660 | 4000 | 2640000 |
| Artikuli 2729 boʻlgan dekoravtiv stolcha | “Sovplastital” QK | 550 | 1040 | 572000 |
| Suvenir idishli taqinchoq | “Sovplastital” QK | 340 | 4000 | 1360000 |
| Oʻramdagi klipsalar | “Sovplastital” QK | 240 | 120 | 28800 |
| Gilam 2 x 3 m | Oʻzbeklegprom | 2100 | 12000 | 25200000 |
| Bir kiyimlik xonatlas (5m) | Oʻzbeklegprom | 225 | 40000 | 9000000 |
| “Oygul” kir yuvish mashinasi | TAPO i Ch | 1500 | 160 | 240000 |
| Rezina sport qayigʻi | Oʻzrezinotexnika | 841 | 120 | 100920 |
| Elektr mikser | Oʻzmashprom | 410 | 480 | 206400 |
| Telefon apparati (trubka) | Oʻzmashprom | 350 | 1000 | 350000 |
| Oshxona toʻplami (zanglamaydigan poʻlatdan ishlangan) | Oʻzmashprom | 192 | 1960 | 376320 |
| Jami: | | | | 158869200 |