Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
BALANDLIKDA IShLAGANDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINING 17-BANDIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1890-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 17-dekabrdagi 75-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1890, 2009-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 6-iyul,
135-B-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGANOV
2010-yil 22-iyun
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 22-iyun
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori V. TYAN
2010-yil 22-iyun
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi raisi A. ShADIYEV
2010-yil 22-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 242-modda)