Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Shveytsariya Konfederatsiyasi bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash tuzish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Shveytsariya Konfederatsiyasi oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli savdo iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish maqsadida hamda Savdo va iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi Hukumatlararo bitimning 13 moddasi 1 bandiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shveytsariya Konfederatsiyasi bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. Quyidagilar zimmasiga yuklansin:
idoralararo kengashga — Shveytsariya bilan savdo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga — savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash kotibiyati vazifalarini bajarish.
3. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga Shveytsariya tomoni bilan kelishgan holda idoralararo kengash doirasida hamkorlik boʻyicha takliflarni tayyorlash topshirilsin.
4. Shveytsariya Konfederatsiyasi bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengashga 1995-yil birinchi choragida Oʻzbekiston Shveytsariya hukumatlararo komissiyasining birinchi yigʻilishini oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish topshirilsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari U. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 10-fevral,
46-son