OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
“TABIIY GAZGA QOʻShIMChA FOYDA SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1909-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 17-fevraldagi 6 va 2020-05-sonli “Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1909-6, 28.02.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 10-fevraldagi 21, 2009-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1909, 2009-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-iyul,
56-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-iyul,
2010-31-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 14-iyul 56, 2010-31-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. 5 va 6-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan obyekt hisobot davrida har bir kontrakt boʻyicha aniqlanadigan soliq toʻlovchining qoʻshimcha foydasi hisoblanadi.
6. Soliq solinadigan baza hisobot davrida har bir kontrakt boʻyicha sof qoʻshimcha foyda hisoblanadi”.
2. 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Soliq davri — bir oy”.
3. 12-bandidan “ortib boruvchi yakun bilan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
| Yuridik shaxs shtampi | | | | | | | | | | | | |||
_______________________________tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga | ||||||||||||||
| Soliq toʻlovchi ______________________________________________________ | ||||||||||||||
| | | | |
(korxona, tashkilotning nomi) | ||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | |
| STIR | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | |
| Telefon______________ | | | | | | | | | | | ||||
| Toʻlovchi manzili ____________________________________________________ | ||||||||||||||
| Hisobvaraq raqami ___________________________________________________ | ||||||||||||||
| | | | |
(bank muassasasi nomi, kodi) | ||||||||||
|
| ||||||||||||||
|
hisob-kitobi | ||||||||||||||
|
Koʻrsatkichlar |
Satr kodi |
Oʻlchov birligi |
Jami |
Jumladan, har bir kontrakt boʻyicha alohida summa | ||||||||||
| Eksportga realizatsiya qilingan tabiiy gaz hajmi |
010 |
ming kub.m |
| | ||||||||||
| Tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilish sanasidagi AQSh dollarining soʻmga nisbatan kursi (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha) |
020 |
soʻm |
||||||||||||
| Eksport qilinadigan tabiiy gaz 1000 kub.m hisobida: | |
|||||||||||||
| Realizatsiya qilishdan sof tushum |
030 |
AQSh doll. |
| |||||||||||
| Hisob-kitob narxi |
040 |
AQSh doll. |
||||||||||||
| Qoʻshimcha foyda summasi ((030-satr — 040-satr) ijobiy farq) |
050 |
AQSh doll. |
| |||||||||||
| Qoʻshimcha foydaga toʻgʻri keladigan qismi boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, jami _____ % stavkada: (050-satr x ___ %) |
060 |
AQSh doll. |
| | ||||||||||
| Soliq solinadigan baza (sof qoʻshimcha foyda) ( 050-satr — 060-satr) |
070 |
AQSh doll. |
||||||||||||
| Qoʻshimcha foyda soligʻining belgilangan stavkasi |
080 |
% |
| |||||||||||
| Jami hajmga toʻgʻri keladigan budjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi |
090 |
|
||||||||||||
| (070-satr x 080-satr x 010-satr) |
0901 |
AQSh doll. |
| |||||||||||
| (0901-satr x 020-satr / 1000) |
0902 |
ming soʻm |
| |||||||||||
| Jami hajmga qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin tashkilot tasarrufida qoladigan va maxsus hisobvaraqda jamlanadigan summa (070-satr x 010-satr – 0901-satr) |
100 |
AQSh doll. |
||||||||||||
Rahbar |
_________________ |
| _______________________________ | |||||||||||
| | | |
(imzo) |
|
(F.I.Sh.) | |||||||||
| _________________ | _______________________________ | |||||||||||||
| | | | |
(imzo) |
(F.I.Sh.) | |||||||||
20___ yil “___” _____________ |
M.Oʻ. |
| | | | | | |||||||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 248-modda)