Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Buyuk Britaniya bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash tuzish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi savdo iqtisodiy hamkorlik dasturlarini muvofiqlashtirish va tezkor amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Buyuk Britaniya bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. Quyidagilar zimmasiga yuklansin:
idoralararo kengashga – Buyuk Britaniya bilan savdo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga — Buyuk Britaniya bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash kotibiyati vazifalarini bajarish.
3. Buyuk Britaniya bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash aʼzolari bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Britaniya Savdo sanoat kengashi aʼzolari hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga Buyuk Britaniya tomoni bilan kelishgan holda idoralararo kengash doirasida hamkorlik boʻyicha takliflarni tayyorlash topshirilsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 13-fevral,
49-son