OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
“SEMENTGA VA KLINKERGA QOʻShIMChA FOYDA SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1908-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 45, 2019-21-sonli “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1908-6, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908, 2009-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-iyul,
58-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-iyul,
2010-30-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 14-iyuldagi 58, 2010-30-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sement va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Soliq davri — bir oy”.
2. 12-banddan “ortib boruvchi yakun bilan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 1 va 2-ilovalarda:
100-satr “Oʻtgan hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha hisoblangan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi” chiqarib tashlansin;
“110” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 249-modda)