Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
ISSIQLIK TAʼMINOTI VA SUV TAʼMINOTI KORXONALARI XODIMLARINING MEHNATIGA HAQ TOʻLASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori ijrosini taʼminlash hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari fondlarga mablagʻlar ajratishini tartibga solish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-noyabrdagi PQ-655-son qarori bilan tasdiqlangan issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizom 29-bandining oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-iyul,
PQ-1365-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 231-modda)