Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
POKISTON ISLOM RESPUBLIKASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 10-maydagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Pokiston Islom Respublikasining Islomobod shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik tarkibini butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 9-fevral,
40-son