29.06.2010 yildagi 128-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SANOATMONTAJMAXSUSQURILISH” OCHIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturlari doirasida iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlari korxonalarini modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan sanoat obyektlari va korxonalari oʻz vaqtida va sifatli foydalanishga topshirilishini taʼminlash, respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining yuqori texnologiyali, maxsus qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, sanoat va xoʻjalik qurilishida asbob-uskunalarni montaj qilish va ularni ishlatishning ilgʻor tizimlarini, zamonaviy qurilish texnologiyalarini joriy etish maqsadida, shuningdek “93-maxsustrest” ochiq aksiyadorlik jamiyatining yirik va strategik muhim sanoat obyektlarida montaj va maxsus ishlarni bajarishdagi salohiyatini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son farmoniga muvofiq faoliyat yuritayotgan ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari 2010-yilning 1-yanvarigacha oʻzlarining ustav fondlari miqdorini ular qayta roʻyxatga olingan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha ekvivalenti kamida 400 ming AQSH dollariga teng summaga yetkazishlari yoki mulkchilikning xususiy shakliga oʻtishni taʼminlashlari shart ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“93-maxsustrest” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan ustav fondini yuqorida koʻrsatilgan summaga yetkazish belgilangan muddatlarda taʼminlanmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, shuningdek “93-maxsustrest” ochiq aksiyadorlik jamiyatining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“93-maxsustrest” ochiq aksiyadorlik jamiyatini “Sanoatmontajmaxsusqurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyati etib qayta nomlab ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida saqlab qolishning maqsadga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatmontajmaxsusqurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi miqdorini asosiy fondlarni qayta baholash natijasida hosil boʻlgan zaxira fondi hisobiga, shuningdek jamiyatning ustav fondida kamida 51 foiz miqdorida davlat ulushini shakllantirish yoʻli bilan kamida belgilangan summagacha yetkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Sanoatmontajmaxsusqurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondida davlat ulushini shakllantirish “93-maxsustrest” ochiq aksiyadorlik jamiyati balansiga berilgan va ilgari uning ustav fondiga kiritilmagan davlat mulki hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “93-maxsustrest” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mol-mulki, shuningdek “Sanoatmontajmaxsusqurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondida davlat ulushini shakllantirish uchun zarur boʻlgan, “93-maxsustrest” ochiq aksiyadorlik jamiyati balansiga berilgan va ilgari uning ustav fondiga kiritilmagan davlat mulki baholanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda “93-maxsustrest” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishini hamda taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatmontajmaxsusqurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondi belgilangan talablarga muvofiq shakllantirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatmontajmaxsusqurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalar hal etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi “Sanoatmontajmaxsus-qurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlari korxonalarini modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan tasdiqlangan davlat dasturlari doirasida qurilayotgan sanoat obyektlarida, shuningdek xoʻjalik qurilishi obyektlarida qurilish, maxsus va montaj ishlari toʻliq sikli foydalanishga tayyor holda topshirish usuli bilan bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-2011-yillarda “Sanoatmontajmaxsusqurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyatining asosiy fondlarini, shu jumladan qurilish, maxsus texnika va asbob-uskunalari parkini modernizatsiya qilish va yangilashga doir kompleks tadbirlar amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatmontajmaxsusqurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyati hududiy va ishlab chiqarish tuzilmasining mavjud tarmogʻini yanada rivojlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A.Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128-son