OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIM MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIM MARKAZINING
Qarori
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARINING 9-SINF BITIRUVChILARINI AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIGA OʻQIShGA QAMRAB OLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDAGI QARORNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 5-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1964-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-iyundagi 109-son “Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olishni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 184-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2009-yil 20-maydagi 16/QQ, 22, 155, 25 Q/Q-son “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qamrab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1964, 2009-yil 11-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 276-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-iyun,
15/QQ-son
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAXIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-iyun,
28-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-iyun,
254-son
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Sh. JAVLONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-iyun,
40-Q/Q-son
Kelishilgan:
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV
2010-yil 30-iyun
Badiiy akademiya raisi T. QOʻZIYEV
2010-yil 30-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 26-27-son, 221-modda)