Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
V.I.LENIN NOMIDAGI TOSHDu HUZURIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTINI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTIGA AYLANTIRISH HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Malakali sharqshunos kadrlarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, Sharq xalqlari tarixi va madaniyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston SSJning xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat dorilfununi huzuridagi sharqshunoslik institutini OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 22-yanvardagi 17-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 15-iyul,
186-son