Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQ DEPUTATLARI FARGʻONA VILOYAT KENGAShI RAYoSATINING OʻZBEKISTON NOHIYASI TARKIBIDA FURQAT HUDUDIY IJROIYA QOʻMITASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDAGI ILTIMOSNOMASI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi Rayosatining xalq deputatlari Oʻzbekiston nohiyasi Kengashi tarkibida Furqat hududiy ijroiya qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Kirov nohiyasidagi “Oktyabr 40 yilligi”, Partiya XX syezdi nomidagi va Shunqor qishloqlari belgilangan tartibda uning ixtiyoriga berilsin.
2. Tashkil etilgan yangi boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari mahalliy budjet hisobidan ajratilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 5-iyul,
182-son