Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KOMSOMOL 30 YILLIGI NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI DEB QAYTADAN NOMLASH HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Andijon shahrida tugʻilgan shoir, mutafakkir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning xotirasini abadiylashtirish maqsadida OʻzSSJ Xalq taʼlimi vazirligi va Andijon viloyat ijroiya qoʻmitasining Komsomol 30 yilligi nomidagi Andijon davlat pedagogika institutini Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat pedagogika instituti deb qaytadan nomlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 2-iyul,
181-son