Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 1997-YIL 11 MARTDAGI 131-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-sonli “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Buyuk musavvir Kamoliddin Behzodning betakror ijodiy merosini xalqimizga yetkazish, yosh avlodni xalqimiz madaniyati tarixi bilan gʻururlanish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 11-martdagi 131-son qarorida:
a) qarorga 1-ilovaning III boʻlimi 10-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“— Kamoliddin Behzod memorial bogʻ-muzeyi”;
b) qarorga 2-ilovaga quyidagi mazmundagi 14-band qoʻshilsin:
“14. Kamoliddin Behzod memorial bogʻ-muzeyi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-iyun,
127-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 26-27-son, 210-modda)