Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON SSJ FANLAR AKADEMIYASINING ASTRONOMIYA INSTITUTIGA ULUGʻBEK NOMINI BERISH TOʻGʻRISIDA
Buyuk olim, mutafakkir va davlat arbobi Ulugʻbekning 1994-yilda boʻladigan 600 yillik yubileyi munosabati bilan, jumhuriyat ilmiy jamoatchiligining istaklarini hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
OʻzSSJ Fanlar akademiyasining Mehnat Qizil Bayroq ordenli Astronomiya institutiga Ulugʻbek nomi berilsin.
Vazirlar Mahkamasi Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 26-iyun,
174-son