Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2014 18.02.1991 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.03.2014
Hujjat 19.10.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Adliya vazirligi masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi SSJI Qonuniga binoan hamda jamoat birlashmalari bilan aloqalarni taʼminlash, ularning ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ana shu ustavlarga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish ishlarini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston SSJ Adliya vazirligiga mazkur vazirlikning markaziy apparatida jamoat birlashmalari boʻyicha Boshqarma, Qoraqalpogʻiston MSSJ Adliya vazirligi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi adliya boshqarmalarida tegishli boʻlimlar tuzilib, OʻzSSJ Adliya vazirligi boshqaruv sistemasi apparati xodimlarining sonini 60 kishiga, shu jumladan, Vazirlik markaziy apparatining sonini 20 kishiga koʻpaytirishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Oʻzbekiston SSJ Adliya vazirligining jamoat birlashmalari boʻyicha boshqarmasiga Vazir oʻrinbosari — Boshqarma boshligʻi boshchilik qiladi. Shu munosabat bilan OʻzSSJ Adliya vaziri oʻrinbosarlari soni 1 kishiga koʻpaytirilsin va kollegiya tarkibi 9 kishidan iborat boʻlishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Moliya vazirligi OʻzSSJ Adliya vazirligi sistemasi apparati xodimlarining yillik ish haqi fondini va uni saqlash xarajatlarining eng yuqori summasini aniqlasin. Vazirlik markaziy apparati uchun qoʻshimcha ravishda bitta yengil avtomashinaga limit va tegishli mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Davlat moddiy-texnika taʼminoti qoʻmitasi, OʻzSSJ Savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi adliya organlarining talabnomalariga koʻra shu yilning I choragida tuzilayotgan xizmatlarni joylashtirish, tashkiliy-texnika vositalari va asbob-uskunalar bilan taʼminlashga bogʻliq masalalarni hal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. OʻzSSJ Adliya vazirligi bir oy muddat ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat birlashmalari boʻyicha Boshqarma (boʻlim) toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va mazkur boʻlinmalarni yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Moliya vazirligi bilan birgalikda jamoat birlashmalarining ustavlarini roʻyxatga olish Qoidalarini, shuningdek ustavlarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻimlar olish tartibini hamda miqdorlarini tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, ijara jamoalariga, kooperativlarga, boshqa yuridik shaxslar va fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish, shartnoma va eʼtiroz-daʼvo ishlarini yaxshilashga yordam berish, huquqiy umumtaʼlimni amalga oshirish maqsadida OʻzSSJ Adliya vazirligining Vazirlik huzurida xoʻjalik hisobidagi korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, kooperativlarga, boshqa yuridik shaxslarga va fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish Markazini tuzish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi va OʻzSSJ Davlat moddiy-texnika taʼminoti qoʻmitasi Markaz mablagʻlari hisobidan zarur moddiy-texnika resurslari va avtotransport ajratish toʻgʻrisidagi masalani hal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Aloqa vazirligi belgilangan tartibda Markaz binosida telefon va teletayp aloqasini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik hisobidagi Markazga noshirlik faoliyati uchun ruxsat berilsin. Oʻzbekiston SSJ Davlat matbuot qoʻmitasi bu ishda zarur metodik va amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi OʻzSSJ Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida mazkur Vazirlikning jamoat birlashmalari boʻyicha Boshqarmasi va xoʻjalik hisobidagi Markazini joylashtirish masalasini koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. OʻzSSJ Adliya vazirligi markaziy apparatining va uning boʻlinmalarining ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi K. Marks koʻchasi, 32-uydagi binoni OʻzSSJ Adliya vazirligining balansiga oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Adliya vazirligi, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Krenkel koʻchasi, 5-uydagi binoni va Proletar koʻchasidagi Toshkent shahar ijroqoʻmining adliya boshqarmasi joylashgan 4-uydagi binoni OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga uning boʻlinmalarini joylashtirish uchun bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moliya vazirligi va Oʻzbekiston SSJ Davlat moddiy-texnika taʼminoti qoʻmitasi markaziy apparat binosiga xizmat koʻrsatish uchun budjetdan ajratmalar limitini va shtatlarni, kapital remont va telefonlashtirish uchun zarur moddiy-texnika resurslarini belgilangan tartibda OʻzSSJ Adliya vazirligiga ajratish masalasini koʻrib chiqsinlar va ajratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Ichki ishlar vazirligi OʻzSSJ Adliya vazirligi uchun ajratiladigan binoda qoʻriqlash-kirish-chiqish tartibini tashkil etish haqidagi masalani belgilangan tartibda koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “V. I. Lenin nomidagi Toshkent davlat universitetining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan qoʻshimcha tadbirlar toʻgʻrisida” 1990-yil 13-fevraldagi 89-son qarorining 6-punkti uchinchi abzatsidagi: “Romanovskiy va K. Marks koʻchalaridagi” soʻzlar oʻzgartirilib, “Romanovskiy koʻchasidagi” soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-son