Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FARGʻONA DAVLAT DORILFUNUNINI TASHKIL ETISH HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish va Fargʻona vodiysining iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal etish uchun ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1991-yil 1-martdan boshlab OʻzSSJ Xalq taʼlimi vazirligining Fargʻona davlat pedagogika instituti negizida OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Fargʻona davlat dorilfununi tashkil etilsin.
2. Mazkur dorilfununni tashkil etish uchun OʻzSSJ Xalq taʼlimi vazirligi bir oy muddat ichida uz balansidan sobiq Fargʻona davlat pedagogika institutining bino va inshootlarini OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi balansiga belgilangan tartibda oʻtkazsin.
3. OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 3 oy muddat ichida dorilfunun haqidagi Nizomni, uning tuzilishini, yagona oʻquv planini ishlab chiqsin va tasdiqlansin hamda mutaxassisliklar roʻyxatini aniqlasin.
4. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moliya vazirligi mutaxassislar tayyorlash planiga va budjetga tegishli oʻzgartishlar kiritsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 5-fevral,
32-son