Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.08.1993 14.01.1991 yildagi 9-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.08.1993
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSJI PENSIYA FONDINING OʻZBEKISTON JUMHURIYAT BOʻLIMINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 4-avgustdagi 391-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. SSJI Ministrlar Soveti va VSSPSning “SSJI Pensiya fondini tashkil etish toʻgʻrisida” 1990-yil 15-avgustdagi 818-son qarori bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SSJIda fuqarolarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” va “Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” SSJI Qonunlariga muvofiq pensiya taʼminotini moliyaviy boshqarishning davlat organi sifatida SSJI Pensiya fondi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSJI Pensiya fondi mustaqil moliya bank sistemasi sifatida belgilab qoʻyilganligi (SSJI Pensiya fondining pul mablagʻlari davlat budjeti tarkibiga kirmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muxtor jumhuriyatlar, oʻlkalar va viloyatlarda filiallari boʻlgan ittifoqdosh jumhuriyatlardagi boʻlimlar SSJI Pensiya fondining boshqaruv organlari sifatida belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. SSJI Pensiya fondining Oʻzbekiston jumhuriyat boʻlimi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. SSJI Pensiya fondining Oʻzbekiston jumhuriyat boʻlimiga quyidagilar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SSJIda fuqarolarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” va “Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” SSJI Qonunlariga muvofiq pensiya toʻlash, shuningdek, bolalarga nafaqa toʻlash sarf-xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jumhuriyat hududidagi toʻlovchilar tomonidan sugʻurta badallarini SSJI Pensiya fondiga oʻz vaqtida oʻtkazish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari bilan birgalikda sugʻurta mablagʻlarining fond hisobiga oʻz vaqtida va toʻla tushishini nazorat qilishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSJI Pensiya fondi mablagʻlarining jumhuriyat boʻlimining tasdiqlangan budjetiga muvofiq oqilona sarflanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilinishi bilan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va kooperativlar, amal qilayotgan mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, shuningdek, ayrim fuqarolarni shartnoma boʻyicha yollovchi shaxslar ijtimoiy sugʻurta fondiga oʻtkaziladigan mablagʻlarni chegirib tashlab, SSJI Pensiya fondiga SSJI Vazirlar Kengashi va VSSPS belgilagan miqdorlarda davlat ijtimoiy sugʻurtasi uchun badallar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlari yoshi boʻyicha imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlar SSJI Pensiya fondiga sugʻurta badallari bilan bir qatorda mehnatga haq toʻlashga moʻljallangan mablagʻlar hisobidan “SSJIda fuqarolarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” SSJI Qonunining 14-moddasiga muvofiq belgilangan miqdorlarda qoʻshimcha ajratmalarni kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi, shu jumladan, yakka (guruh boʻlib) ijara shartlari boʻyicha yoki shaxsiy dehqon xoʻjaligida ishlovchi fuqarolar SSJI Pensiya fondiga SSJI Vazirlar Kengashi va VSSPS belgilagan tartibda badal toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston SSJ Davlat televideniye va radio eshittirish qoʻmitasi, gazeta va jurnallar tahririyatlari SSJI Pensiya fondining Oʻzbekiston jumhuriyat boʻlimi bilan birgalikda fondning maqsad va vazifalari toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Davlat moddiy-texnika taʼminoti qoʻmitasi 1991-yil rejasida SSJI Pensiya fondining Oʻzbekiston jumhuriyat boʻlimiga, uning Qoraqalpogʻiston MSSJ, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallariga belgilangan tartibda birkitilgan nomenklatura boʻyicha moddiy-texnika resurslari ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. SSJI Pensiya fondining Oʻzbekiston jumhuriyat boʻlimida Boshqaruvchining ikkita, shu jumladan, bitta birinchi oʻrinbosari hamda yetti kishidan iborat Boshqaruvi boʻlishiga ruxsat berilsin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchining oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va ularni lavozimdan ozod qilish SSJI Pensiya fondi Oʻzbekiston jumhuriyat boʻlimining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-son