Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOShKENT TEMIR YOʻL TRANSPORTI MUHANDISLARI INSTITUTIGA AKMAL IKROMOV NOMINI QAYTADAN BERISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutining professor-oʻqituvchilari jamoasining ushbu institutga Akmal Ikromov nomini qaytadan berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin va bundan buyon u “Akmal Ikromov nomidagi Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari instituti” deb atalsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 19-aprel,
105-son