Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2008 16.11.1996 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2008
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ABN AMRO BANK OʻZBEKISTON MB, H. J.” AKSIONERLIK BANKINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-noyabrdagi 246 sonli “Abn Amro Bank Oʻzbekiston Mb, H.J.” aksionerlik bankini “Royal Bank Of Scotland Oʼzbekiston MB” YAJ deb qayta nomlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida bank xizmatlari bozorini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirish, xalqaro savdoni rivojlantirishni mablagʻ bilan taʼminlash va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Gollandiyaning “ABN Amro Bank” banki ishtirokida “ABN Amro Bank Oʻzbekiston MB, H.J.” aksionerlik bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “ABN Amro Bank Oʻzbekiston MB, H.J.”ning ustav sarmoyasi 10 mln. AQSH dollariga teng summada, shu jumladan xorijiy tomonning ulushi — 70 foiz (ABN Amro Bank — 50 foiz, Xalqaro moliya korporatsiyasi — 10 foiz, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — 10 foiz) va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ulushi (oʻzining joriy daromadlari mablagʻlari hisobidan) — 30 foiz qilib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, “ABN Amro Bank Oʻzbekiston MB, H.J.” yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy bankka bir oy muddatda “ABN Amro Bank Oʻzbekiston MB, H.J.”ni roʻyxatdan oʻtkazish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 16-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
400-son