Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023 15.06.2007 yildagi 161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023
Hujjat 17.06.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUDNING HAL QILUV QARORI HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari tomonidan hal qiluv qarorlari (bundan buyon matnda qaror deb yuritiladi) qabul qilishda xoʻjalik protsessual qonunchiligini toʻgʻri va bir xilda qoʻllashni, ularning qonuniyligi va asoslantirilganligini taʼminlash, ularni rasmiylashtirishda shakliy, ketma-ketlik va kasbiy madaniyatga oid kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik sudlari (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi)ning eʼtibori qarorning odil sudlovning konstitutsiyaviy asoslarini amalga oshiradigan va Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qabul qilinadigan hujjat sifatida qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi)ning 18-bobi talablariga soʻzsiz va qatʼiy rioya etilishi shart ekanligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak. Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik XPKning 169, 188 va 200-moddalariga muvofiq qarorning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan XPKning 136-moddasida nazarda tutilgan barcha masalalarni hal etmaydigan, yuzaki, asoslantirilmagan qarorlarning qabul qilinishi mumkin emas deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qaror protsessual huquq normalariga aniq rioya etilgan va nizoli huquqiy munosabatga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan moddiy huquq normalariga toʻliq mos holda qabul qilingan taqdirda qonuniy hisoblanadi. Agar qonunosti normativ hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan ayrim qoidalarning qonunga zidligi aniqlansa, sud qaror chiqarishda qonunga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari boʻlmagan taqdirda, sud XPKning 12-moddasi uchinchi qismiga muvofiq shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini tatbiq etadi, bordi-yu, bunday normalar ham boʻlmasa, nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib hal etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qaror qachonki, unda ish uchun ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan va taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlsa, asoslantirilgan hisoblanadi. Qaror ish holatlari haqidagi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror dalillarga uning daxldorligi va yoʻl qoʻyilishliligi, ishonchliligi va yetarlilik haqidagi XPKning 56—62-moddalari talablarini inobatga olgan holda asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari dalillar boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning asosi uchun sud tomonidan muhokama qilingan va baho berilgan dalillargina olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunni buzgan holda olingan dalillar yuridik kuchga ega emas va qarorga asos qilib olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ish uchun ahamiyatli boʻlgan u yoki bu holatni tasdiqlovchi dalillarni qayd etish bilan chegaralanmasdan, balki, ushbu dalillarning mazmunini ham bayon etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud dalillarning har birini alohida va ularni birgalikda baholab, taqdim etilgan u yoki bu hujjatlar, taraflar vakillarining koʻrsatmalari, boshqa aniq maʼlumotlar taraflar oʻzlarining talab yoki eʼtirozlarini asoslagan holatlarni tasdiqlamasligini aniqlasa, u oʻzining bu haqdagi xulosasini qarorda ishonchli asoslashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertning xulosasi boshqa dalillarga nisbatan imtiyozga ega boʻlmaydi va sud uchun majburiy hisoblanmaydi. U boshqa dalillar bilan birgalikda baholanishi lozim. Ekspert xulosasiga baho qarorning asoslantiruvchi qismida berilishi kerak. Ekspert xulosasi bilan kelishmaganlikni sud asoslantirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ekspertiza oʻtkazish bir necha ekspertlarga topshirilgan boʻlib, ekspert tekshiruvi masalalari boʻyicha alohida xulosalar berilsa, sud har bir ekspert xulosasi bilan kelishish yoki kelishmaslik asoslarini keltirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertning sud majlisida bergan ogʻzaki izohi uning muqaddam taqdim etgan xulosasini tushuntirishga oid qismi boʻyichagina dalil boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorda ekspert xulosasiga havola qilinganda ushbu xulosa bilan ish uchun ahamiyatli hisoblangan qaysi faktlar tasdiqlanganligi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas. Javobgar tomonidan daʼvo tan olingan boʻlsa, qarorda bunga sud majlisida aniqlangan ishning haqiqiy holatlari inobatga olinib, baho berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qaror qabul qilishda sud quyidagilarni aniqlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda ishtirok etuvchi shaxslar koʻrsatayotgan holatlar mavjud boʻlganmi va ular qanday dalillar bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudda ishni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa aniq holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar aniqlanganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan aniqlangan holatlardan kelib chiquvchi nizoli huquqiy munosabatlarning xarakteri, shuningdek qaror qabul qilishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqiy normalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qaysi qonun qoʻllanilishi lozimligi masalasini hal etishda ushbu nizo boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlari bilan bogʻliq emas va ular havola etmagan qonunlarni qoʻllashga haqli. Taraflarning munosabatini toʻgʻri malakalash qonuniy qaror qabul qilishning majburiy shartidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sud qarorni bayon etishda XPKning 138-moddasida koʻrsatilgan ketma-ketlikka (kirish, bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlarining mavjudligiga, ularning mazmuniga) rioya qilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik qarorni ijro etishda noaniqliklar va nizolar boʻlmasligi uchun sud qarorida uning kirish, bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlarini aniq ifodalashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning kirish qismida qarorni qabul qilgan sudning nomi, sud tarkibi, ishning tartib raqami, sud muhokamasi sanasi va joyi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, nizo predmeti, sud majlisida qatnashayotgan shaxslarning vakolatlari koʻrsatilgan holda familiyalari, shuningdek ishning yopiq yoki ochiq, sayyor sud majlisida koʻrib chiqilganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizo yuridik shaxslar ishtirokida koʻrilganda, ularning nomlanishi qisqartirilmasdan, toʻliq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning bayon qilish qismi daʼvo arizaning (arizaning) qisqa bayonini, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning daʼvo arizasi (arizasi) yoki unga eʼtirozlarga nisbatan oʻz talablarini oʻzgartirganliklari, sud tomonidan oʻtkazilgan harakatlar tavsifini oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sud xulosalari asoslanilgan dalillar, sud tomonidan u yoki bu dalilni rad etishga sabab boʻlgan vajlar, mazkur nizoni hal etishda sud tomonidan qoʻllanilgan moddiy va protsessual huquq normalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qarorlari koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishda uchinchi shaxslar ishtirok etganda sudning qarorlarida XPKning 41 va 42-moddalariga muvofiq nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilgan yoxud arz qilmagan uchinchi shaxsning protsessual maqomi aniq belgilanishi lozim. Shunga bogʻliq holda sud tomonidan qarorning asoslantiruvchi va xulosa qismi shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Daʼvogar tomonidan daʼvoning predmeti yoki asosi oʻzgartirilishining qarorda yoritilishi kerakligi inobatga olinishi lozim. Daʼvogarning daʼvo predmetini, asosini oʻzgartirishga boʻlgan xohishi yozma ravishda ifodalangan boʻlishi va sud majlisining bayonnomasida qayd etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan daʼvoning predmeti yoki asosi oʻzgartirilgan holda sudlar qarorning xulosa qismida daʼvogarning daʼvo predmeti yoki asosini oʻzgartirish haqidagi arizasi qabul qilinganligini koʻrsatishlari kerak. Agar daʼvogar daʼvoning predmeti yoki asosini oʻzgartirish haqida ariza bergan sud majlisida nizo mazmunan koʻrilmasdan, ishni koʻrish qoldirilgan boʻlsa, u holda bunday arizani koʻrish natijasi ish koʻrishni qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlarning eʼtibori qarorning xulosa qismi sud muhokamasi predmeti hisoblangan barcha talablar boʻyicha tugallangan va yakuniy javobni oʻz ichiga olgan boʻlishi zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil, shuningdek shart bilan qaror qabul qilishga, qarorni taraflar tomonidan kelgusida qandaydir harakatlarni bajarish, qandaydir holatning yuz berishi yoki yuz bermasligiga bogʻliq holda qabul qilishga XPKda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha javobgarlarga nisbatan qaror qabul qilishda qarorning xulosa qismida ularning har birining javobgarlik darajasi koʻrsatilgan yoxud ularning solidar javobgarligiga koʻrsatma aks ettirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki daʼvoni va qarshi daʼvoni toʻliq yoki qisman qanoatlantirgan qarorning xulosa qismida daʼvolarni oʻzaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim boʻlgan summa koʻrsatiladi. Shu bilan birgalikda sud ishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari haqidagi masalani hal etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlarini undirish haqidagi qarorning xulosa qismi va uning asosida berilgan ijro varaqasi asosiy qarz, zararlar va neustoyka (jarima, penya) ajratilib aniqlangan holda undirilishi lozim boʻlgan mablagʻning umumiy miqdori va valyuta turini oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkni talab etish, mulkka nisbatan mulkiy huquqni tan olish toʻgʻrisidagi qarorlarning xulosa qismida sud mulkning nomini, uning bahosini, joylashgan joyini, zarur hollarda esa nizoning xarakteridan kelib chiqqan holda boshqa ajratuvchi belgilarini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatini yoki undirish soʻzsiz tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi qarorning xulosa qismida XPKning 140-moddasida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari, ushbu hujjatni bergan organ ham koʻrsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda sud oʻz tashabbusi bilan uning haqiqiy emasligi oqibatlarini, bu haqda qarorda koʻrsatgan holda, qoʻllashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qaror u qonuniy kuchga kirgandan keyin ijro qilinadi, XPKning 146-moddasiga muvofiq darhol ijro etiladigan qarorlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. XPKning 217-moddasida nazarda tutilgan qaror ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, shuningdek uning ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish imkoniyati, bunga zaruriyat tugʻilganda, qaror qabul qilinishida ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sud tomonidan qabul qilingan qaror raislik etuvchi yoki sudyalardan biri tomonidan yozma ravishda bayon qilinishi va qoʻlda yozilishi, mashinkada, kompyuterda yoxud boshqa elektron uskunada terilgan boʻlishi mumkinligi inobatga olinishi lozim. Qaror sudya (sud tarkibi) tomonidan imzolanadi va shundan keyin ish muhokamasi tugagan mazkur majlisda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga eʼlon qilinadi. Ushbu tartibga rioya qilish qarorning faqat xulosa qismi eʼlon qilingan holatda ham majburiydir. Ayni vaqtda raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan qaror bilan qachon tanishishlari mumkinligini eʼlon qiladi. Qonunda belgilangan yozma shakli va sud tarkibi imzosi mavjud boʻlmagan ogʻzaki xulosalarning eʼlon qilinishi qaror hisoblanmaydi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlovi ish yurituvi boshqa ishtirokchilarining tushuntirishlari qarorda uchinchi shaxs nomidan keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning qabul qilingan sanasi u sud majlisida eʼlon qilingan kun hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qaror sudda ishtirok etgan sud tarkibi oʻzgarmagan holda, sud ish yurituvi va sud muhokamasi tamoyillariga qatiy rioya etilib, qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror faqat sud muhokamasida qatnashgan sudya (sudyalar) tomonidan qabul qilinishi mumkin. Ishni koʻrish jarayonida sudyani almashtirish (sud tarkibiga qoʻshimcha sudyalar kiritish) zarurati tugʻilganda sud muhokamasi boshidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrishda qatnashgan sudya tomonidan imzolanmagan yoki ishni koʻrishda qatnashmagan boshqa sudyalar tomonidan imzolangan qaror bekor qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudlarga qoʻshimcha qaror chiqarishga XPK 149-moddasining birinchi qismida toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyilishi mumkinligi tushuntirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu asoslarning roʻyxati tugallangan hisoblanadi va kengaytirilib sharhlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha qaror sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlari taʼminlangan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha qarorda sud uni qabul qilish asoslarini, xulosa qismida esa qoʻyilgan masalaning mohiyati boʻyicha oʻz xulosasini bayon etishi hamda talab etilgan va koʻrib chiqilgan, ammo sud tomonidan hal etilmagan talab yuzasidan qaror qabul qilishi yoki undirilgan pul mablagʻlari miqdori haqida koʻrsatishi yoxud sud xarajatlarini qoplash, undirish haqida qaror qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning xatosi daʼvoning mazmuni boʻyicha sudning xulosasiga muvofiq kelmagan holda sud qoʻshimcha qaror chiqarishga haqli emas. Bunday holda sudning xatosini tuzatish qarorni XPKda belgilangan tartibda qayta koʻrish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qaror yuzasidan apellatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgan va ayni paytda qoʻshimcha qaror qabul qilish masalasi qoʻyilgan boʻlsa, sud avval qoʻshimcha qaror qabul qilish masalasini hal etadi, keyin esa ishni apellatsiya instansiyasiga qoʻrish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qarorni XPKning 150-moddasiga muvofiq tushuntirish yoki tuzatish uning noaniqligini yoxud undagi harfiy va hisob-kitobga oid xatoliklarni tuzatishga zarurat boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorni tushuntirish yoki yozuvdagi xatolik, harfiy xatolik va hisob-kitobdagi xatolikni tuzatish haqidagi ajrim ishni koʻrgan sud tomonidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorni tushuntirishda sud uning mazmunini oʻzgartirishga va sud muhokamasi predmeti boʻlmagan masalalarga tegishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorni tushuntirishga faqat nizoni hal etgan sud haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qaror ijro etilgan yoki uni majburiy ijroga qaratishga taqdim etish uchun qonunda nazarda tutilgan muddat oʻtgan va bu muddat tiklanmagan boʻlsa, qarorni tushuntirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuvdagi xatolik, harfiy xatolik va hisob-kitobdagi xatolikni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi boʻyicha ham, sudning tashabbusi bilan ham tuzatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirilishi koʻrsatilgan pul mablagʻi miqdori, sana, mulkni undirish choralariga tuzatish kiritishga faqat, agar bu noaniqlik hisoblashdagi tasodifiy xatolik yoki harfiy xatolik, yozuvdagi xatolik natijasi boʻlgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qarorda taraflar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala albatta hal etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Plenum qarorining tushuntirishlari nafaqat birinchi instansiya sudi tomonidan qaror qabul qilishda, balki XPKning tegishli 21, 22, 23-boblarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda apellatsiya shikoyati (protesti) yoki kassatsiya shikoyati (protesti) yoxud nazorat tartibidagi protestlarni koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilishda ham majburiy hisoblanadi. Bunda faqat bir instansiya sudi uchun belgilangan talab faqat shu instansiyada qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 1-martdagi “Sud qarorlari haqida”gi 54-sonli qarori kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 15-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161-son