Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ANDIJON VILOYATIDA BOShOQLI DON EKINLARI URUGʻChILIGINI TAShKIL ETISh MASALALARI
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini yuqori reproduksiyali boshoqli don ekinlari urugʻlari bilan kafolatli taʼminlash maqsadida hamda ushbu ishda Andijon viloyati xoʻjaliklari toʻplagan tajribani hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Boshoqli don ekinlarining mustahkam oʻz urugʻchilik bazasini yaratish, hamma joyda barcha maydonlarda yuqori reproduksiyali va klassli urugʻlar ekishga oʻtish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining kechiktirib boʻlmaydigan vazifasi deb hisoblansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasining respublikaning sugʻoriladigan zonasi xoʻjaliklariga sotish maqsadida Andijon viloyati xoʻjaliklarida boshoqli don ekinlarining serhosil navlarini yetishtirishni tashkil etish, shu maqsadda “Andijondonmahsulot” uyushmasi apparatida tegishli boshqarma tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Viloyatning elita-urugʻchilik xoʻjaliklarini va Oʻzbekiston gʻallachilik ilmiy-tadqiqot instituti filialini “Andijondonmahsulot” uyushmasi tarkibiga birlashgan aʼzolar huquqi bilan kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Belgilab qoʻyilsinki, tashkil etilgan boshqarma oʻz ishida qishloq va suv xoʻjaligi viloyat va tuman boshqarmalari urugʻchilik xizmatlari, urugʻchilik boʻyicha viloyat va tuman davlat inspeksiyalari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik qiladi hamda:
urugʻlarning yuqori hosilli navlarini (Skifyanka, Yuna) yetishtirish va tayyorlash, ularni respublikaning gʻalla ekuvchi xoʻjaliklariga sotish;
standartlar normalariga muvofiq urugʻlarni tozalash, navlarga ajratish, kalibrlash va dorilashni tashkil etish;
sotiladigan urugʻlikka urugʻlarning navi va ekish sifatlari toʻgʻrisida tegishli hujjatlar (sertifikatlar) berish;
don ekinlaridan yuqori hosil olish texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-ishlab chiqarish markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish vazifalarini hal etadi.
3. “Andijondonmahsulot” uyushmasiga 1997-yil hosilidan Andijon viloyati xoʻjaliklaridan 200 ming tonna yuqori reproduksiyali navli bugʻdoy urugʻini xarid qilish boʻyicha topshiriq, shu jumladan 187,6 ming tonna respublika xoʻjaliklariga sotish uchun va 12,4 ming tonna sugʻurta fondi tashkil etish uchun, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha 1-ilovaga muvofiq xoʻjaliklar tomonidan ularning oʻzlari yetishtirgan urugʻlikni gʻamlash topshirigʻi belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi respublikaning sugʻoriladigan zonasi xoʻjaliklarining sifatli urugʻlikka boʻlgan ehtiyojini 1998-yil hosilidan boshlab, ularni Andijon viloyati xoʻjaliklarida yetishtirishni koʻpaytirish hisobiga, toʻliq taʼminlashga doir zarur tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
“Oʻzdondmahsulot” davlat korporatsiyasi har yili 1-aprelgacha Andijon viloyati elita-urugʻchilik xoʻjaliklari uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 2 ming tonna elitz (superelita) urugʻlik xarid qilinishini taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-avgustdagi 299-son qarori 5-bandining birinchi xatboshi va qaroriga 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi (Mutalov), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Jumaniyozov) Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda:
viloyat don qabul qilish korxonalari bazasida boshoqli don ekinlari urugʻlarini tayyorlash, tozalash, kalibrlash va dorilash boʻyicha ixtisoslashtirilgan mexanizatsiyalashtirilgan punktlar tashkil etsinlar;
punktlarni urugʻlarni tayyorlash boʻyicha zarur mexanizmlar, asbob-uskunalar va moslamalar bilan jihozlasinlar, urugʻlik xoʻjaliklarga tegishlicha markirovkalangan holda mutlaq ravishda dorilangan va qoplangan holda sotilishini taʼminlasinlar;
viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda urugʻlarni oluvchi xoʻjaliklarni belgilasinlar, urugʻlarning ishonchli saqlanishi va ulardan toʻgʻri foydalanilishini taʼminlasinlar.
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov) “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari boʻyicha urugʻlik tayyorlash punktlarini jihozlash uchun zarur mashinalar, mexanizmlar va materiallar yetkazib berilishini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari sugʻoriladigan yerlar uchun yetishmayotgan urugʻlik miqdorini va lalmi zonadagi xoʻjaliklar uchun urugʻlik tayyorlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan punktlar tashkil etilishini taʼminlasinlar, bunda ularni 1997-yil hosilidan boshlab sifatli urugʻlar bilan kafolatli taʼminlashni nazarda tutsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
7. Andijon viloyati xoʻjaliklarining boshoqli don ekinlari urugʻi yetishtirishga oʻtkazilishi munosabati bilan va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-avgustdagi 299-son qaroriga 2-ilova qisman oʻzgartirilgan holda don mahsulotlari korxonalariga don sotish hajmi 2-ilovaga muvofiq belgilansin.
9. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1997-yil 1-fevralgacha Andijon viloyati xoʻjaliklari bilan boshoqli ekinlarning navli urugʻlarini xarid qilishga kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini, boshqa viloyatlarning xoʻjaliklari bilan esa don sotish hajmlari oʻzgarganligi munosabati bilan 1997-yil hosili donini xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari qayta tuzilishini taʼminlasinlar.
Shartnomalarni tuzishda urugʻlarni navlarga ajratishda va kalibrlashda hosil boʻladigan donning nokonditsion qismini xoʻjaliklarga qaytarishni yoki uning oʻrnini qoplashni nazarda tutgan holda bunday dondan foydalanish shartlarini belgilasinlar.
Belgilab qoʻyilsinki, urugʻlikning sotish narxi gʻalla oʻrim-yigʻimi davrida donning jahon narxlari darajasidan, reproduksiya uchun ustamalardan va urugʻlikning nav sifatidan, shuningdek urugʻlikni tayyorlash, navlarga ajratish, dorilash va qoplash xarajatlaridan kelib chiqib belgilanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishiladi.
10. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Andijon viloyati hokimligi Oʻzbekiston gʻallachilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini mustahkamlasinlar, bunda bu yerda yangi navlarning original urugʻliklari yetishtirilishi, yuqori gʻalla hosili (gektaridan 70—80 ts) olish texnologiyasi ishlab chiqilishi, boshoqli don ekinlarining yangi yuqori hosilli (gektaridan 100 sentnergacha) va kasalliklarga chidamli navlari yaratilishi tashkil etilishini nazarda tutsinlar.
11. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi urugʻlikni Andijon viloyatidan Qoraqalpogʻiston Respublikasiga va respublikaning boshqa mintaqalariga yetkazib berish bilan bogʻliq masalalarni kechiktirmasdan hal etsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Q. Obidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 25-dekabr,
458-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 458-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Andijondonmahsulot” uyushmasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlari xoʻjaliklariga boshoqli don ekinlari (Skifyanka, Yunaning navli urugʻlarini sotish hajmlari va xoʻjaliklar oʻzlari yetishtirgan 1997-yil hosilidan tayyorlaydigan urugʻlik hajmlari
| | | |
ming tonna |
| | Andijon viloyati xoʻjaliklaridan xarid qilingan urugʻlarni sotish | bundan tashqari oʻzlari tayyorlaganlari | |
|
sugʻoriladigan yerlar uchun |
lalmi yerlar uchun | ||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 7,0 | | |
| viloyatlar: | | | |
| Andijon | — | 22,5 | — |
| Buxoro | 11,0 | 4,0 | |
| Jizzax | 25,3 | — | 12,0 |
| Qashqadaryo | 30,0 | 8,0 | 18,3 |
| Navoiy | 8,8 | — | 1,0 |
| �amangan | 10,0 | 7,5 | — |
| Samarqand | 15,8 | 7,4 | 12,0 |
| Surxondaryo | 20,0 | 4,0 | 2,3 |
| Sirdaryo | 22,2 | — | 1,7 |
| Toshkent | 20,5 | 4,0 | 2,7 |
| Fargʻona | 15,0 | 8,0 | — |
| Xorazm | 2,0 | 2,0 | — |
| Jami: | 187,6 | 67,4 | 50,0 |
| Sugʻurta fondi | 12,4 | — | — |
| Hammasi | 200,0 | 67,4 | 50,0 |
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 458-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalariga, 1997-yil hosilidan urugʻlik fondlari hisobiga yetkazib berishni hisobga olgan holda, preyskurant narxlari boʻyicha boshoqli ekinlar doni sotish hajmlari
| | |
ming tonna |
| | Hammasi | ulardan urugʻlar hisobiga |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 25,9 | 3,5 |
| viloyatlar: | | |
| Andijon | — | — |
| Buxoro | 54,2 | 5,5 |
| Jizzax | 107,4 | 12,7 |
| Qashqadaryo | 158,4 | 15,0 |
| Navoiy | 33,3 | 4,4 |
| Namangan | 86,6 | 5,0 |
| Samarqand | 115,8 | 7,9 |
| Surxondaryo | 103,5 | 10,0 |
| Sirdaryo | 87,5 | 11,1 |
| Toshkent | 110,2 | 10,2 |
| Fargʻona | 107,5 | 7,5 |
| Xorazm | 14,1 | 1,0 |
| Sugʻurta fondi | — | 6,2 |
| Jami: | 1004,4 | X |