OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
TOʻLOV TERMINALLARI BILAN JIHOZLASh VA AHOLI BILAN PUL HISOB-KITOBLARINI AMALGA OShIRIShDA ULARNI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1986-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/17-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 1-martdagi 2021-08-sonli ““Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1986-4, 03.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1995-yil, 12-son, 247-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 16-son, 124-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 20-iyundagi 18/1, 2009-20-sonli qarori (roʻyxat raqami 1986, 2009-yil 27-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 30-31-son, 351-modda) bilan tasdiqlangan “Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-may,
18/I-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-may,
2010-23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 11-maydagi 18/1, 2010-23-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi quyidagi chakana savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida toʻlov terminali majburiy oʻrnatilishi lozim*:
aviatsiya va temir yoʻllar pattalarini sotish kassalari;
avtovokzal va avtostansiyalar kassalari;
avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari;
mehmonxonalar;
kredit tashkilotlari (kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar), sugʻurta tashkilotlari va moliya bozorining boshqa subyektlari;
turgʻun savdo shoxobchalari, shu jumladan dorixonalar (egallab turgan maydoni oʻlchamidan qatʼi nazar);
umumiy ovqatlanish obyektlari;
uy-joy kommunal, shuningdek telefon aloqa xizmatlari, shu jumladan uyali aloqa telefonlari xizmatlari uchun aholidan toʻlovlarni qabul qilish shoxobchalari;
avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;
aloqa boʻlimlari;
maishiy xizmat koʻrsatish hamda madaniy-ommaviy va tomosha tadbirlari oʻtkaziladigan obyektlar;
aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar.
*nazorat-kassa mashinalarini qoʻllamagan tarzda, qonunchilikka muvofiq aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan obyektlarni istisno qilgan holda.”
2. Ushbu oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2010-yil 4-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 190-modda)