Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “DEHQON BOZORLARI VA SAVDO KOMPLEKSLARI FAOLIYATINI TAShKIL QILIShNI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2010 YIL 26 APRELDAGI PQ-1326-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 8-iyun,
112-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 112-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:
a) quyidagi mazmundagi 4-1-band qoʻshilsin:
“4-1. Tovarlarning olib kirilishini va bojxona bojlari amalda toʻlanganligini tasdiqlaydigan bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 12 oy oʻtgandan keyin ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha tayyor import isteʼmol tovarlarini sotuvga qoʻyish va chakana sotishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
b) 189-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“tovarlarning olib kirilishini va bojxona bojlari amalda toʻlanganligini tasdiqlaydigan bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 12 oy oʻtgandan keyin ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha tayyor import isteʼmol tovarlarini sotuvga qoʻyish va chakana sotish”;
v) quyidagi mazmundagi 3-ilova qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga
3-ILOVA
3-ILOVA
Tovarlarning olib kirilishini va bojxona bojlari amalda toʻlanganligini tasdiqlaydigan bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 12 oy oʻtgandan keyin sotuvga qoʻyilishiga va chakana savdoda sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan tayyor import isteʼmol tovarlari
ROʻYXATI
| T/r | Tovarning qisqacha nomi | TIF TN kodi |
| I. Tikuvchilik buyumlari, ustki trikotaj, ichki trikotaj, sport trikotaji, paypoqlar | ||
| 1. | Palto, yarimpalto, yopqichlar, plashlar, kalta kamzullar (shu jumladan changʻi kamzullari), vetrovkalar, suv oʻtkazmaydigan maxsus kiyimlar va shunga oʻxshash buyumlar | 6101, 6102, 6201, 6202 |
| 2. | Kostyumlar, komplektlar, pidjaklar, bleyzerlar, shimlar, koʻkrakka tutiladigan fartukli va lyamka (yelka tasma)li kombinezonlar, jaketlar, koʻylaklar, yubkalar, yubka-shimlar, bridjilar va kalta shimlar (choʻmilishda kiyiladigan kalta shimlardan tashqari) | 6103, 6104, 6203, 6204 |
| 3. | Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun koʻylaklar | 6105, 6205 |
| 4. | Ayollar yoki qizlar uchun bluzkalar, bluzlar va bluzonlar | 6106, 6206 |
| 5. | Kalsonlar, trusilar, tungi koʻylaklar, pijamalar, yuvinish xalatlari, uy xalatlari hamda erkaklar va oʻgʻil bolalar uchun shunga oʻxshash buyumlar | 6107, 6207 |
| 6. | Kombinatsiyalar, pastki yubkalar, trusilar, pantalonlar, tungi koʻylaklar, pijamalar, penyuarlar, yuvinish xalatlari, uy xalatlari va ayollar yoki qizlar uchun shunga oʻxshash trikotaj buyumlar | 6108, 6208 |
| 7. | Maykalar va boshqa ichki fufaykalar | 6109, 6207 91 000 0, 6207 99 000 0, 6208 91 000 0, 6208 92 000 0, 6208 99 000 0 |
| 8. | Sviterlar, puloverlar, kardiganlar, nimchalar va shunga oʻxshash trikotaj buyumlar | 6110 |
| 9. | Bolalar trikotaj kiyimlari va bolalar kiyimlari uchun anjomlar | 6111, 6209 |
| 10. | Sport, changʻi va yuvinish kostyumlari. Boshqa kiyim-kechak buyumlari (trikotaj kiyimlardan tashqari) | 6112, 6211 |
| 11. | 5903, 5906 yoki 5907 TIF TN tovar pozitsiyali trikotaj polotnodan tikilgan kiyim-kechak buyumlari | 6113 00 |
| 12. | Boshqa trikotaj kiyim-kechak buyumlari | 6114 |
| 13. | Kolgotkalar, chulkilar, golflar, paypoqlar va pataklar hamda boshqa paypoqlar, shu jumladan bosim taqsimlangan kompression paypoqlar va tagcharmsiz trikotaj poyabzal | 6115 |
| 14. | Qoʻlqoplar va trikotaj mitenkilar | 6116 |
| 15. | Kiyimlar uchun boshqa tayyor anjomlar | 6117 10 000 0 — 6117 80, 6217 10 000 0 |
| 16. | Byustgalterlar, kamarlar, korsetlar, shimni koʻtarib turadigan ikki yelkaga osiladigan tasmalar, paypoq bogʻichlari va shunga oʻxshash buyumlar va ularning qismlari | 6212 |
| 17. | Roʻmollar | 6213 |
| 18. | Sholroʻmollar, shar�lar, kashnelar (sharflar), mantilyalar, vuallar (shlyapaning yuzni bekitib turadigan toʻri) va shunga oʻxshash buyumlar | 6214 |
| 19. | Galstuklar, kapalaknusxa galstuklar va boʻyinbogʻlar | 6215 |
| 20. | Qoʻlqoplar va mitenkilar | 6216 00 000 0 |
| II. Tyul-gardin polotnosi va undan tikilgan buyumlar | ||
| 1. | Trikotaj tyul-gardin polotnosi. Pardalar (shu jumladan eshik va deraza pardalari) va ichki darpardalar, eshik yoki deraza pardasining ustki bezakli qismlari yoki krovatlar uchun toʻr hoshiyalar | 6005 31 100 0, 6005 32 100 0, 6005 33 100 0, 6005 34 100 0, 6006 31 100 0, 6006 32 100 0, 6006 33 100 0, 6006 34 100 0, 6303 |
| III. Koʻrpa-toʻshak gʻiloflari, paxmoq sochiqlar, choyshablar | ||
| 1. | Koʻrpa-toʻshak, oshxona, hojatxona gʻiloflari | 6302 |
| IV. Charm poyabzal | ||
| 1. | Rezina, plastmassa tagcharmli, toza charmdan yoki turli materiallardan tikilgan poyabzal, ustki qismi toza charmdan tikilgan poyabzal | 6403 |
| V. Televizorlar | ||
| 1. | Televizorlar, televizion aloqani qabul qilish uchun apparatlar | 8528 72 — 8528 73 000 0 |
| VI. Sovutgichlar | ||
| 1. | Maishiy sovutgichlar-muzlatgichlar | 841810 |
| 2. | Sovutgichlar | 8418 21 — 8418 29 000 0 |
| VII. Konditsionerlar | ||
| 1. | Konditsionerlar | 8415 10, 8415 20 000 9, 8415 81 009 0, 8415 82 000 9 |
| VIII. Elektr dazmollar | ||
| 1. | Elektr dazmollar | 8516 40 |
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-apreldagi 63-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 11-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“300 va undan ortiq turgʻun savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlariga ega boʻlgan bozorlar va savdo komplekslarida avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgan hollarda majburiy tartibda avtotransport vositalari kirib kelgan va chiqib ketgan vaqtni qayd etish funksiyasiga ega boʻlgan elektron hisoblagichlar oʻrnatiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 186-modda; 2011-y., 47-son, 488-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2021-y., 06/21/6314/0876-son)