OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
TAʼLIM MUASSASALARI VA KORXONALAR OʻRTASIDAGI ShERIKLIK MUNOSABATLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 2-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1832-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 16-martdagi 6-2018, 3/qq, 2-mh, 9-qq, 10 va 65-sonli “Taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasidagi sheriklik munosabatlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1832-2, 03.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan “Yoshlar yili” Davlat dasturining 46-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 30-maydagi 157, 21/QQ, 23, 01-08/1750, 54, 56-son qarori (roʻyxat raqami 1832, 2008-yil 4-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 259-modda) bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasidagi sheriklik munosabatlari toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Amaliyot oʻtash vaqtida oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan oʻquvchilarni Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatida (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) koʻrsatilgan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi”.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-may,
196-Q-son
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Sh. JAVLONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-may,
01/QQ-son
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAXIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-may,
20-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-may,
119/Q-son
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-may,
96-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-may,
38-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 179-modda)