Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO KLASSDAGI “INTERKONTINENTAL-TOShKENT” MEHMONXONA MAJMUINI FOYDALANIShGA TOPShIRISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalqaro klassdagi “Interkontinental-Toshkent” mehmonxona majmuini oʻz vaqtida foydalanishga topshirish, uning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashini va oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash, bronlashtirishning xalqaro tizimiga kirishini taʼminlash, shuningdek, xizmat koʻrsatish sohasi kadrlari tayyorlash darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mehmonxona majmuining menejmentiga yuqori klassli otellar xalqaro tarmogʻining egasi va operatori — “Interkontinental Xotelz end Rizorts” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi bilan kontrakt tuzganligi;
“Interkontinental Xotelz end Rizorts” kompaniyasi tuzilgach kontraktga muvofiq mehmonxona majmuida ishga tushirishdan oldingi ishlarni kredit asosida oʻz mablagʻlari hisobidan oʻz vaqtida amalga oshirish, qurilish uchun foydalanilgan qarz mablagʻlarining oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlovchi operatsiya foydasining barqaror darajasini kafolatlash majburiyatini olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qurilishi nihoyasiga yetkazilgan mehmonxona majmui davlat mulkiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi bilan, tasarruf etish huquqisiz, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Interservis” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasi balansiga belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilinishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga va “Interservis” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasiga mehmonxona majmui mablagʻlarining saqlanishini va undan maqsadli foydalanilishini, uning moliyaviy faoliyati nazorat qilinishini, shuningdek, “Turkeksimbank” bilan tuzilgan kredit bitimi doirasidagi qarz mablagʻlari oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash funksiyasi yuklansin.
“Interservis” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi banklarda tushumlarni va tovarlar hamda xizmatlarga toʻlanadigan toʻlovlarni oʻtkazish, shuningdek, mehmonxona majmuining boshqa operatsiyalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun alohida hisob-kitob va valyuta subschetlari ochish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
4.“Interservis” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasi mehmonxona ochilgan kundan boshlab 5 yil muddatga qoʻshilgan qiymat soligʻi, foydadan olinadigan soliq, mulk soligʻi, yer soligʻi va mahalliy soliqlarni toʻlashdan, shuningdek mehmonxona majmuiga egalik qilish, uni butlash va undan foydalanish bilan bogʻliq yigʻimlar va boj poshlinalari toʻlashdan ozod qilinsin.
“Interservis” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasiga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ham mahalliy, ham xorijiy sugʻurta kompaniyalarini mulkiy va shaxsiy nomulkiy sugʻurtalashni amalga oshirish huquqi berilsin.
6. “Interkontinental Xotelz znd Rizorts” kompaniyasi mehmonxona ochilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga foydani chet elga oʻtkazishdan olinadigan soliqdan ozod qilinsin.
“Interkontinental Xotelz end Rizorts” kompaniyasiga mehmonxona foydalanishga topshirilishi munosabati bilan Oʻzbekistonga turgan xorijiy xodimlarning mahalliy xarajatlari (yashash, respublika doirasida aviatsiya va temir yoʻl transporti xizmatlari) uchun mahalliy valyutada va respublika fuqarolari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi mehmonxona majmuini birinchi toifali isteʼmolchilar roʻyxatiga kiritsin hamda zarur miqdorda elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlasin.
8. Aloqa vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha mehmonxona majmuini belgilangan tartibda shahar, shaharlararo va xalqaro aloqaning zarur vositalari bilan taʼminlasin.
Mehmonxona majmui binosida hukumat aloqasi telefonlari oʻrnatilishini nazarda tutsin.
9. Toshkent shahar hokimligi “Interservis” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasiga xalqaro klassdagi “Interkontinental-Toshkent” mehmonxona majmuida savdo faoliyatini amalga oshirish hamda umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etishga ruxsatnoma bersin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Inter-servis” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasi buyurtmanomasi boʻyicha “Interkontinental Xotelz end Rizorts” kompaniyasining mehmonxonani ishga tushirishda jalb etiladigan xodimlariga belgilangan tartibda koʻp martalik kelish vizalari berilishini taʼminlasin.
11. Mehnat vazirligi “Interservis” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasi buyurtmanomasi boʻyicha “Interkontinental Xotelz end Rizorts” kompaniyasining mehmonxona majmuidan foydalanishga jalb etiladigan xodimlari mehnat faoliyatini amalga oshirishlari uchun oʻz vaqtida zarur ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
12. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Interkontinental-Toshkent” mehmonxonasi taqdimotini shu yilning 7—10-oktabr kunlari boʻlib oʻtadigan xalqaro paxta konferensiyasi oʻtkaziladigan davrda oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 23-sentabr,
334-son