“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
Sintetik smolalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2104]
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y.,5-son, 223-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Sintetik smolalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritiladi.
Boshliq I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2010-yil 26-mart,
108-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 26-martdagi 108-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Sintetik smolalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) muvofiq sintetik smolalar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar sintetik smolalar ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Ushbu Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
maʼmuriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oʻz vaqtida, toʻgʻri oʻrganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlarni oʻqitish, bilimlarini sinovdan oʻtkazish va yoʻl-yoʻriq berish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish va yoʻl-yoʻriq berish dasturlari;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
8. Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozim joriy etiladi), 50 va undan ortiq transport vositalariga ega boʻlgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga boʻysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami 1997-y., 6-son 21-modda) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Xodimlarni oʻqitish, bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
12. Tashkilotning barcha xodimlari, shu jumladan rahbari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va yoʻl-yoʻriqlar olishlari lozim.
13. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq xodimlar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
15. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻirligi ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
17. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
18. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
19. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
20. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
21. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
22. Tashkilotlarda xodimlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanishi lozim.
23. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
xonalar va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
xonalar va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
25. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qoʻllanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
26. Tashkilot rahbariyati yoki ish beruvchi quyidagilarni taʼminlashi shart:
amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Tashkilot rahbariyati, xodimlarni maxsus kiyim, poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalash vositalari bilan Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y.,19-20-son, 248-modda) muvofiq taʼminlashi shart.
6-§. Kasbiy tanlov
28. Tashkilotda kasbiga koʻra tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
29. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
30. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan boshqa ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
31. Xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
32. “Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlar roʻyxati”ga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
33. “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki toʻliq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar roʻyxati”ga (roʻyxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega boʻlgan ishlarga qabul qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
34. Tashkilot maydonlari va binolar joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarini bosh plani” talabiga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
36. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
37. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
38. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangani boʻlishi kerak.
39. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
8-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
40. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
43. Hoʻl jarayonlardagi xonalarda, hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlovchi ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
44. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanishni taʼminlashi kerak.
45. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
46. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
47. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalar eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
48. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
49. Barcha tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
50. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Koʻrik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
51. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
52. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga javob berishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
54. Oʻtish joylarida (galereyalarda, zinapoyalar maydonchalarida va shunga oʻxshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga oʻxshashlar), ruxsat etilgan oʻtish yoʻlkalarining enini kamaytirmasligi kerak.
55. Ishchi joylariga ochiq darvoza, eshik yoki texnologik teshikdan keluvchi havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishda 21°C, oʻrta ogʻir ishda 17°C, ogʻir ishda 16°C dan past boʻlmasligi kerak.
56. Xodimlarni isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.
57. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha boʻlgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
10-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
58. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
60. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
61. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitar nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
63. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
64. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
65. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam boʻlmagan holda tozalash lozim.
66. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
67. Sunʼiy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
68. Uchastkalarda va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan xoli holda bajarilishi kerak.
69. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Oʻta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha koʻchma yoritqichlar himoyalanish darajasi 1R54 dan kam boʻlmagan va metall himoyalanish toʻri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
12-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
70. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1997-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddati talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
71. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
72. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi buyruq (roʻyxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
73. Tibbiy koʻrikdan oʻtishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan boʻyin tovlagan xodimlarni tashkilot rahbariyati ishga qoʻymaslikka haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
74. Tibbiy koʻriklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud boʻlmagan holda davolash-profilaktika tashkiloti tomonidan oʻtkazilishi lozim. Tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
75. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) tomonidan dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
76. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
77. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Sintetik smolalarni ishlab chiqarish
78. Sintetik smolalar ishlab chiqarish texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim boʻlgan xavfsizlik talablari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
79. Texnolgik jarayon uzluksiz, mexanizatsiyalashgan va avtomatizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
80. Sintetik smolalarni hosil qilganda toksikologik tavsifi kamroq xom ashyo va qoʻshimchalardan foydalanish kerak.
81. Ftal kislotasi asosidagi plastifikatorlar qoʻllanganda toksikligi va uchuvchanligi pastroq birikmalarni qoʻllash kerak.
82. Akril, metakril kislota va uning efirlarini oʻz holicha polimerizatsiyalanishini bartaraf etish uchun yuqori samarali ingibitorlarni qoʻllanishi nazarda tutilishi kerak.
83. Stirol polimerlari va sopolimerlari ishlab chiqarilishida polimerizatsiya massasini avariyaviy toʻkish uchun zaxira sigʻimlari nazarda tutilishi lozim.
84. Sex sigʻimlari va apparatlariga xom ashyoni, yarim mahsulotlarni, suyuq mahsulotlarni olib kelinishi yopiq quvurlar tizimi orqali amalga oshirilishi lozim.
85. Penopoliuretanni ishlab chiqarilishida suyuqliklarni mayda idishlarda (polimer yoki shishali) olib kelishga ruxsat etiladi.
86. Fenolformaldegid epoksid smolalarni, penopoliuretanlarni va boshqa polimerlarni ishlab chiqarishida polimerizatsion aralashmalarni qolipga quyilishi va undagi havoni chiqarib yuborilishida xodimlarga mumkin qadar zararli moddalar taʼsirini kamaytirish lozim.
87. Polimerizatsiya aralashmalarini tayyorlash, dastlabki polimerizatsiya va sintez, haydash kublari, aralashtiruvchi, yuvuvchi apparatlarning lyuk va shtutserlari oson va zich yopilishi kerak.
88. Texnologik jarayon boʻyicha ingridiyentlarni aralashtirish apparatlari ekranlashtirilgan aralashtirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
89. Jihozlarni tozalash (polimerizatorlar, yuvuvchilar, sentrifuga, quritish pechlar) qoʻl mehnatini istisno etuvchi gidravlik va mexanik usullardan foydalangan holda, changdan tozalash esa — chang tozalovchi qurilmalar yordamida bajarilishi lozim.
90. Sintetik smolalar bilan ishlaganda qoldiqni bartaraf qilish, tozalash, zararsizlantirish, yuvish, bochkalarni, barabanlarni, ishlab chiqarish apparatlarini va boshqa idishlarni bugʻlanishi himoyalangan binoda (maxsus yuvish punkti) amalga oshirilishi lozim.
91. Oqimda mahsulot tarkibini nazorat qilish (sanoat gazxromotografi yordamida) avtomatik tarzda amalga oshirilishi lozim.
92. Avtomatik nazorat qilishga imkoniyat boʻlmagan uchastkalarda texnologik jarayonni nazorat qilib turish uchun namunalarni olinishi zararli moddalarni sizib chiqishini istisno qilishi lozim.
93. Idishlarga suyuq smola va suspenziyalarni quyilishi, qop va barabanlarga qattiq smolalarni joylanishi samarali ventilyatsiya tizimi boʻlgan holda bajarilishi lozim.
94. Granul va kukunli toʻkiluvchi materiallar sisternadan pnevmotransport orqali omborning maxsus sigʻimlariga yoki sexning zaxiradagi sigʻimiga boʻshatilishi lozim.
95. Transport tasmalari materiallarni transportirovka qilish paytida toʻkilishini oldini oluvchi va tasmadan mahsulot qoldiqlarini mexanik tozalashga imkoniyat beruvchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
96. Qattiq va toʻkiluvchi sanoat chiqindilarini yuk saqlash va koʻchirish qoʻl mehnatini istisno etuvchi, almashinadigan konteynerlar tizimi orqali amalga oshirilishi lozim.
97. Suyuq konsentratsiyalangan chiqindilarni vaqtincha yuk saqlanadigan joyga koʻchirish yoki termik zararsizlantirilishi asosan quvurlarda yoki zich yopilgan sigʻimlarda bajarilishi lozim.
2-§. Sintetik smola va plastik massani qayta ishlashda xavfsizlik qoidalari
98. Bunkerlarni, dozirovka qurilmalarini va tabletmashinalarini yuklanishi mexanik usul yoki texnologik konteynerlar orqali amalga oshirilishi lozim.
99. Chang va gaz ajratib ishlaydigan jihozlarni pasportida birdaniga ajralib chiqishi mumkin boʻlgan zararli moddalarni miqdori koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi lozim.
100. Tortilgan tayyorlamalarni va komponent aralashmalarini doimo tayyorlash uchun avtomatik taroz va dozatorlardan foydalanish kerak.
101. Qoʻlda tayyorlamalarni tortilishi smenada 1-2-martagacha ruxsat etiladi.
102. Buyumlarga mashina kamerasida ishlov berilganida (qizdirilganida, boʻyashda, yuvishda) xodimlarni kamera ichida boʻlishi man etiladi.
103. Changlanadigan materiallarning maydalanishi, talqon qilinishi, elash va aralashtirish uchun ishlab chiqarish uskunasining joylashuvi, transportda tashish va yoʻllar masofasini maksimal qisqartirishini hisobga olinishi bilan amalga oshirilishi lozim.
104. Kukunli sintetik smolalarni qoldiq namligini yoʻqotish uchun quritish yopiq apparatlarda amalga oshirilishi lozim.
105. Kukunli materiallardan boʻshagan qop idishlarni omborda joylash va presslash ventilyatsiyaga ega yopmalarda amalga oshirilishi lozim.
106. Qoʻrgʻoshindan qoplamalar tayyorlanganda va ishlatilganida xodimning teri yuzasini va ish hududi havosini qoʻrgʻoshin bilan ifloslanishini oldi olinishi kerak.
107. Sintetik smolalardan tayyorlangan buyumlarga mexanik ishlov berilganida ishlov paytida kamroq chang ajratuvchi asbob va mexanizmdan (diskli pichoq, olmos disklar) va hoʻl uslubda ishlov berishni qoʻllash lozim.
108. Yelimlarni ishchi aralashmasini tayyorlanishi yopiq apparatlarda (aralashtirgichlarda, reaktorlarda) yoki mahalliy soʻruvchi ventilyatsiyaga ega yopmalarda amalga oshirilishi lozim.
109. Yelimlanuvchi detallarning yuzasiga yelimni va erituvchini surtilishi choʻtka, shprits va boshqa moslamalar bilan aspiratsiyaga ega yopmalarda bajarilishi lozim.
110. Presslash rotorining qizdirish belbogʻining tashqi yuzalari issiqqa izolyatsiyalangan boʻlishi lozim.
111. Tayyor buyumlar yechilganidan keyin press-qoliplarni tozalovchi tizimlari mahsulotni gazli holati, chang va gratni ishchi xonaga puflanishini bartaraf etishi lozim.
112. Ftoroplastlarga termik ishlov berish uchun belgilangan jihozlar (presslar, qovushtirish pechlari) harorati oshib ketganida elektr isitgichlar avtomatik oʻchib ovozli signal berishi lozim.
113. Buyumlarni toblash uchun vannaning yuzasi yopilgan (suzuvchi shariklar, qopqoqlar) boʻlib va bort soʻrmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
114. Ftoroplast chiqindilarini maydalovchi maydalagichlar zichlangan boʻlishi lozim.
115. Pechkalardan buyumlarning tushirilishi, pechkalar 40°S gacha sovutilganidan keyin bajarilishi zarur.
116. Qavatli plastik ishlab chiqarilayotganida epoksid va fenolformaldegid smolalar bilan toʻldiruvchilarni shimdirilishi (shimdirish qogʻozi, ip gazlama mato, shisha mato) shimdirish mashinalarida amalga oshirilishi lozim.
117. Fenolformaldegid smolalar asosidagi qavatli list plastiklarni presslash uchun moʻljallangan jihozlar va ularga mexanik ishlov berilishi, buyumlarni yuklanishi, yuk tushirilishi va transportirovka qilinishi moslama va qurilmalar hisobiga mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
118. Texnolgik jarayon boʻyicha geksametilendiamin toksikligi boʻyicha pastroq qotiruvchiga almashtirilishi lozim.
119. Smolalar yoki kompaundlar bilan mayda detallarga ishlov berilishi ifloslanganda tashlab yuboriladigan qogʻoz bilan yopilgan maxsus temir patnislarda bajarilishi lozim.
3-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
120. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
121. Ishlab chiqarishda oʻrganilmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qoʻllash taqiqlanadi.
122. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
123. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar bilan taʼminlanishi lozim.
124. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
125. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
126. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
127. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinni oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
4-§. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelganligi haqida oʻz vaqtida xabar berish usullari
128. Yonuvchi gazlar ajralib chiqishi ehtimoli boʻlgan ishlab chiqarish xonalarida havo tarkibida gazlarning portlash jihatidan xavfli darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun (gazlarning ajralish ehtimoli yuqori boʻlgan joylarda) avtomatik signalizatorlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
129. Signalizatorlar avariya ventilyatsiyasiga ulangan boʻlishi zarur.
130. Avariyani bartaraf etish planida, ishchi hududida zararli moddalarning sizib chiqishi va yigʻilishi chegaraviy ruxsat etilgan havodagi konsentratsiyalaridan oshib ketganida, chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
131. Avariya yoki boshqa nosozliklar aniqlangan holda, avariya vaziyati masʼul shaxslar tomonidan baholanishi, shuningdek, sexda avariya holati eʼlon qilinishi hamda bu toʻgʻrisida tashkilot rahbariyati xabardor qilinishi lozim.
5-§. Maxsus talablar
132. Ishlab chiqarishlarni tabiiy shamollatish va tabiiy yorugʻliksiz (oynasiz va fonarsiz) binolarda joylashtirish taqiqlanadi.
133. Akril va metakril monomerlar asosida (efirlar, aminlar) polimer va sopolimer ishlab chiqarishida boshlangʻich xom ashyoni tayyorlanishi yoki ishchi eritmalarni tayyorlash, monomer, polimer va sopolimerlarni olish, quritish, qadoqlash yoki quyish, tayyor mahsulotlarni vaqtincha saqlash izolyatsiyalangan xonalarda amalga oshirilishi lozim.
134. Polietilen va polipropilen ishlab chiqarganda eritmalarni regeneratsiya qilish boʻlimlarini, past bosimli polietilen va polipropilen ishlab chiqarish uchun katalizatorlarni joylash izolyatsiyalangan xonalarda boʻlishi lozim.
135. Polivinilxlorid ishlab chiqarishda, vinilxloridni polimerizatsiyasi va polimerni sentrifugalash boʻlimlari, quritish va tayyor mahsulotni elash boʻlimlari alohida joylashgan binolarda boʻlishi kerak.
136. Fenolformaldegid smolalarni ishlab chiqarishda smolaning sintezi, suyuq smolani toʻkish va qattiq smolani idishlarga solish izolyatsiyalangan boʻlimlarda amalga oshirilishi lozim.
137. Epoksid smolalarni ishlab chiqarishda boshlangʻich komponentlarni aralashtirish, mahsulotlarni yuvish, filtrlash va quritish alohida izolyatsiyalangan xonalarda amalga oshirilishi lozim.
138. Stirol polimerlarini va sopolimerlarini ishlab chiqarish, monomerlarni tayyorlash, ularning aralashmasini polimerizatsiyalash, ajratish va quritish alohida izolyatsiyalangan xonalarda amalga oshirilishi lozim.
139. Ftoroplastlarni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarishni boshqa turdagi polimer materiallarini qayta ishlash bilan bitta binoda joylashtirishga ruxsat etilmaydi.
140. Xavfli 1 va 2-guruh moddalari boʻlgan sintetik smolalar bilan ishlaganda hamda ularning qayta ishlash boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimlar bilan ishlaganda boshqaruv pulti himoyalangan binolarda joylashgan boʻlishi shart.
141. Plastmassani qayta ishlash ishlab chiqarish xonalarini isitish asosan havo orqali amalga oshirilishi kerak.
142. Havo almashishini tashkil qilishda zararli moddalari yuqori klass xavfiga ega boʻlgan xonalaridan (poliakrilatlar, fenoplastlar, aminoplatlar, etrollar) yonidagi xonaga oʻtib ketmasligi uchun bu xonalarda yuqori bosimni ushlab turish lozim.
143. Berilayotgan havo bevosita ish hududiga sozlanuvchi havo taqsimlagichlar orqali berilishi lozim.
144. Umumalmashinuv soʻrishni xonaning pastki hududidan faqat chiqindilarni maydalaganda nazarda tutish lozim.
145. Quyish termoplast avtomatlarining ikkita hududidan mahalliy soʻrmalar soʻrilishini nazarda tutib, chiqaruvchi soploning ustidagi soʻrma soʻrish zonti sifatida va buyumni quyish va eritish hududining tepa qopqogʻi ustidan soʻrma oʻrnatish kerak.
146. Ramali press-avtomatlardan mahalliy soʻrmalarni javon yopmalaridek bajarish lozim.
147. Zararli gazlar va changlar chiqishi mumkin boʻlgan joylar, mahalliy soʻrib olish, pana joy (qoplamalar) va atmosferaga tashlashdan oldin zararli gaz va changlarni sanitariya meʼyorlarigacha dastlabki tozalash tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
148. Texnologik uskunadan xavflilikning 1 va 2-darajali zararli moddalarni yoʻqotadigan mahalliy soʻruvchi ventilyatsiya ishlamaganida, uskunani ishga tushishini cheklovchi blokirovka vositasi boʻlishi lozim.
149. A va B kategoriyadagi xonalar uchun qoʻshimcha bitta zaxira ventilyator boʻlishini nazarda tutish lozim.
150. Kukunsimon materiallardan xaltali tarani omborda joylash va presslash ventilyatsiyalovchi pana joylarda (alohida xonalar, kameralarda) amalga oshirilishi lozim.
151. Havo beruvchi va umumalmashinuv tortuvchi ventilyatsiya qurilmalarini sex (uchastka, laboratoriya) ishini boshlaguncha 10 — 15 daqiqa oldin yoqish zarur, bunda havo tortuvchi ventilyatsiya ishga tushiriladi, soʻngra havo beruvchi ventilyatsiya qurilmalari ishga tushiriladi.
152. Smenani qabul qilishdan oldin avariya ventilyatsiyasi tizimi sozligini tashqi koʻrikdan oʻtkazish va uni qisqa vaqtga ishga tushirish bilan ishonch hosil qilish zarur.
6-§. Shovqin va tebranish xavfsizligiga doir talablar
153. Shovqin va tebranishning xodimlarga boʻlgan zararli taʼsirini bartaraf etish maqsadida, quyidagi chora-tadbirlarni koʻrish kerak:
shovqin va tebranishni hosil qiluvchi uskunani almashtirish imkonini beruvchi texnologik jarayonga oʻzgartirish yoki shovqin va tebranishni yutuvchi tuzilmalarni qoʻllash;
statsionar oʻrnatilgan mashinalar va mexanizmlar (kompressorlar, elektr yurgizgichlar va polimerizatsiya reaktorlarini reduktorlari, sentrifugalar, maydalagichlar, polimerizatsiya javonlarining ventilyatorlari) ostidagi fundamentga izolyatsiyalovchi taglikni joylashtirish;
agregatlar uchun shovqin tutuvchi yoki uni alohida qismlarini qoʻllash, tebranayotgan sirtni tebranishni tutuvchi, yuqori ichki ishqalanishli materiallar (bitum shimdirilgan ruberoid, maxsus plastmassa va mastikalar) bilan qoplash;
temir qismlarni, plastmassa detallarga oʻzgartirish, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun shovqin tutuvchi kabinalarni jihozlash;
agregatlarni chiqaruvchi va soʻruvchi teshigiga, shovqin pasaytirgichlarni oʻrnatish, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarga turli shovqin yutuvchi materiallar bilan ishlov berish;
sintetik smolalarga mexanik ishlov berilganida (kesish, silliqlash, parmalash) xonalarning ichki sirtlarini shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplash.
154. Tovush darajasi 85 dBA dan yuqori boʻlgan hududlar xavfsizlik belgilari bilan koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Ushbu hududlarda shaxsiy himoya vositalaridan tiqin yoki shovqinga qarshi quloqchinlar qoʻllanishi lozim.
7-§. Materiallar omborlarida va yuklarni ortish va tushirish ishlarida xavfsizlik talablari
155. Tashkilot hududiga keladigan materiallar va uskunalar uchun shu maqsadga ajratilgan va tayyorlangan maxsus omborlar va yuk ortish-tushirish maydonchalari boʻlishi va ularning tuzilishi va joylashishi QMQ 2.09.12-98 “Ombor binolari” talablariga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
156. Yuklash-tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
157. Ombor va yuk saqlash uchun maydonchalarda barcha yuklash, tushirish va ogʻir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
158. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis boʻlib, chuqurchalarsiz va 50 dan oshmaydigan nishabi boʻlishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar qoplamasi unga keluvchi yoʻllar qoplamasiga teng boʻlishi lozim. Yilning qish oylarida yuk saqlash uchun maydonchalar doimo qor va muzdan tozalanib, qum, kul yoki shlak sepilishi kerak.
159. Omborlarda materiallarni taxlash usullari yoritilgan mehnatni muhofaza qilish va yongʻin profilaktikasi boʻyicha yoʻriqnomalar koʻrinarli joyga osib qoʻyiladi. Bu yoʻriqnomada ushbu omborda qanday materiallar, qancha miqdorda, qanday idishda saqlanishi mumkinligi koʻrsatiladi. Koʻrinarli joylarga yuklarni joylash va ortish sxemasi osib qoʻyiladi.
160. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirishda harakat yoʻnalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
161. Omborda ustma-ust taxlangan yoki stellajdagi idishli yuk yoʻlaklar oraliq eni 1,5 m kam boʻlmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganida, yoʻlakka qoʻshimcha qoʻllanadigan transport vositalari oʻlchamlari kengligida yoʻl boʻlishi lozim.
162. Tashkilotlardagi yuk ortish-tushirish estakadalari, maydonchalari, platformalarining pollari vagon poli yoki transport vositalarini kuzovi balandligi bilan barobar boʻlishi kerak.
163. Yuk ortish maydonchasi perimetri boʻyicha (bundan yuk tashish transporti yoʻli mustasno) balandligi 30 sm li mustahkam himoyalovchi toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
164. Sintetik smolalarni ish joylariga keltirilishi qopqogʻi zich yopiladigan maxsus idishlarda amalga oshirilishi lozim.
165. Sintetik smolalar asosidagi aralashmalarning saqlanishi uchun bir marotaba ishlatiladigan karton idishlardan foydalanish lozim.
166. Sintetik smola yoki kompaundan boʻshagan idishlarning yuvilishi maxsus yaxshilab shamollatiladigan xonalarda maxsus yuvish vannalarida mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi lozim.
167. Sintetik smolalar maxsus omborlarni yopiq yuk saqlash xonalarida yoki umumiy omborxonani maxsus ajratilgan qismlarida saqlanadi.
168. Tarkibida organik eritmalari boʻlgan epoksid lak-boʻyoq materiallarni zich yopilgan idishlarda yengil alangalanuvchi moddalar saqlanadigan xonalarda saqlash kerak.
8-§. Ishlab chiqarish chiqindilarini zararsizlantirish boʻyicha talablar
169. Tashkilotlarni chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, koʻmib tashlash va utillashtirishda belgilangan tartiblarga rioya qilishi majburiydir.
170. Tashkilotlarda majburiy ravishda barcha turdagi chiqindilarning inventarizatsiyasini oʻtkazish tashkil etilishi, chiqindilarning har bir turiga pasportlar ishlab chiqilishi va chiqindilarning insonlarning hayoti va atrof muhit uchun xavflilik darajasi aniqlanishi shart.
171. Tashkilotda chiqindilar tashkil etilgan joylarda yopiq konteynerlarda, yogʻingarchilik tushmaydigan holda saqlanishi lozim.
172. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan taʼminlangan holda saqlanishi lozim.
173. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.
174. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Chiqindilarni yigʻish, joylashtirish va tashishni taʼminlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi shart.
IV. Ishlab chiqarish uskunasiga qoʻyiladigan talablar
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan umumiy talablar
175. Uskunalarning konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish jihozlari. Xavfsizlikning umumiy talablari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar soz holatda boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
176. Uskunalarning konstruksiyasida uning tarkibiy qismi boʻlgan bugʻ oʻtkazgichlar va elektr simlarining bexosdan zararlanish xavfi bartaraf etilgan boʻlishi kerak.
177. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab boʻladigan oʻtkir boʻgʻinli, hoshiyali, tikanli boʻlmasligi lozim.
178. Uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari, keltiruvchi, uzatuvchi mexanizmlari uning korpusida joylashgan boʻlishi kerak.
179. Muhofazalash konstruksiyasi qoʻshimcha shovqin, vibratsiya, xavfli vaziyat yuzaga keltirmasligi va xizmat koʻrsatishni qiyinlashtirmasligi lozim.
180. Uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, toʻr) yoki tez ochiladigan boʻlishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini toʻxtatish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
181. Boshqaruv tizimi joylashuvi va konstruksiyasi ishlab chiqarish jihozlarining bevosita va bilvosita harakatga kelishining oldini olishi lozim.
182. Uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak.
183. Uskunalarni texnik jihatdan taʼmirlash ishlari ishlab chiqaruvchi tashkilotning foydalanish boʻyicha qoʻllanmasiga asosan bajariladi.
184. Xavfli joylarda muhofazalash qurilmalari va himoya vositalari boʻlmagan jihozlarda ishlash taqiqlanadi.
185. Buzilgan jihoz ustiga unda ishlash mumkin emasligini koʻrsatuvchi ogohlantiruvchi belgi qoʻyilishi lozim. Bundan tashqari qurilmada uni taʼmirlash ishlari tugatilmaguniga qadar ishga tushib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan choralar koʻrilishi lozim.
2-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
186. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2006-yil 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
187. Barcha tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.
188. Yoritish va quvvatli uskunalar va elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi muhit sharoitlariga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos boʻlishi shart.
189. Elektr qurilmalari mavjud boʻlgan barcha ishlab chiqarish va omborxonalar uchun yongʻin va portlash xavfi darajasi belgilangan boʻlishi shart.
190. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda (fermentatsiyalovchi kameralar, namlovchi kameralar, tamakini kesishga tayyorlovchi boʻlinmalar) elektr yoritgichlar namlikdan elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda boʻlishi shart. Elektr oʻtkazgichlari poʻlat quvurlarda oʻtkazilishi lozim.
191. Yongʻin xavfi boʻlgan ishlab chiqarish va omborxonalardagi yoritgichlar yopiq chang oʻtkazmaydigan boʻlishi lozim.
192. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va elektrik chidamliligi tekshirilib turilishi lozim.
193. Barcha elektr oʻtkazgichlar, shinalar, saqlagichlar belgilangan boʻlishi, saqlagichlarda, shuningdek ularning nominal toki koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
194. Elektr tarmogʻidagi va elektr apparatlaridagi uchqun, qisqa tutashuv, kabellar va elektr oʻtkazgichlarning yonuvchi izolyatsiyasining haddan tashqari qizishiga olib keluvchi nosozliklar navbatchi xodimlar tomonidan darhol bartaraf etilishi lozim, nosoz elektr tarmogʻi yongʻin jihatdan bexatar holatga keltirilgunga qadar oʻchirib qoʻyilishi lozim.
195. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi tashkilot elektriklari tomonidan tashqi koʻrikdan oʻtkazish va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirib turilishi lozim.
196. Yangi elektr apparatlari va agregatlarini mavjud elektr tarmogʻiga ulash bosh energetik (mexanik)ning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
197. Elektr apparatlari va agregatlari nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
198. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim. Bundan tashqari har safar momaqaldiroqdan soʻng yashin qaytargichlarning elementlarini tekshirib koʻrish lozim.
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
1-§. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish tartibi va sharoiti
199. Tashkilot hududida ishlab chiqarishni (sex) yoki sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni taʼmirlashga toʻxtatish uchun tashkilot (sex) boʻyicha chiqarilgan buyruq (farmoyish) chiqarilishi lozim. Buyruqda pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek koʻrsatilgan ishlarga uskunalar va obyektni toʻliq tayyorlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish va pudratchilar yoki buyurtmachining taʼmirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar shaxslar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
200. Barcha asbob-uskunalarda tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan jadval boʻyicha belgilangan muddatlarda rejali taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi.
201. Taʼmirlash ishlarida band boʻlgan pudratchining barcha xodimlari taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu sexda ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar xavfsizlik texnikasi boʻyicha kirish yoʻriqnomasidan oʻtkazilishi lozim.
202. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan oʻtkazilishi lozim.
203. Pudratchi ishlayotgan hududda buyurtmachi tomonidan zararli va yonish xavfi boʻlgan moddalarni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan meʼyoriy sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi kerak.
204. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin, kuyidagilar bajarilishi lozim:
a) elektr energiya taʼminotidan oʻchirish;
b) asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlardan boʻshatish;
v) taʼmirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va oʻralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish.
205. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan taʼminlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
206. Tashkilot hududida qazish ishlarini bajarishda buyurtmachi pudratchiga naryad-ruxsatnoma bilan birga tegishli sex va xizmatlar bilan kelishilgan ruxsatnomani yozma tarzda topshirishi kerak.
207. Pudratchining ehtiyojlari uchun elektr energiyani ulash, shuningdek ish tugaganidan keyin uzish, sex boshligʻining ruxsati boʻyicha buyurtmachining bosh energetik xizmati tomonidan bajariladi.
208. Taʼmirlash ishlari tugallanganidan soʻng asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni qabul qilish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, ushbu asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish haqida farmoyish chiqqandan soʻng, foydalanishga qabul qilinishi lozim.
2-§. Uskuna va moslamani taʼmirlashga topshirish va uni foydalanishga qabul qilish tartibi
209. Ishchilar bajariladigan ish xususiyatiga muvofiq soz asbob va moslamalar jamlamasi bilan taʼminlanishi lozim.
210. Asbob va moslamalar holati oyiga kamida bir marta tekshirilishi lozim.
211. Texnik xizmat koʻrsatish, davriy va kapital taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajarish tartibida, ishlab chiqaruvchi zavod tasdiqlagan taʼmirlash va foydalanish hujjatida belgilangan zarur ish hajmini koʻrsatish lozim.
212. Texnologik uskuna taʼmirlanganidan soʻng sinash va ishlatib koʻrish zarur. Qism va dastgohlarni ishlatib koʻrish avvalo 2 soat davomida “boʻsh” harakatda, soʻng 10 soat davomida ish yuklovi ostida bajariladi.
213. Ishlatib koʻrish uchun mexanizmlarni yoqishdan oldin, tarmoqlar toʻgʻri yigʻilgani, begona jismlar yoʻqligini koʻrishi va ishonch hosil qilishi, havo uzatish pnevmatik tizimning toʻgʻri ulanganligi, qotirish mustahkam va toʻgʻri qilinganligiga ishonch hosil qilish lozim.
214. Agregatning yurituvchi elektr yurgizgichlarini yoqishdan oldin, aylanma arralash va fugoval dastgoh ventilyator patrubkalarini koʻzdan kechirish lozim.
215. Sinov va ishlatib koʻrish davrida taʼmirlangan tarmoq va dastgohlarni barcha yigʻish defekti, elektrodvigatel va tarmoq podshipniklarining qizish darajasi, moy oqishi bartaraf qilinadi.
216. Uskuna yigʻilganidan yoki taʼmirlanganidan soʻng foydalanish uchun uni yoqishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
a) odamlarni xavfsiz joyga oʻtkazish;
b) mashina tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olib tashlash;
v) himoya toʻsiqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
g) harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
d) himoya saqlovchi va nazorat oʻlchov asboblarining sozligini tekshirish;
e) uskuna yigʻilishining toʻgʻriligini tekshirishda, oʻzaro bogʻliq harakatlanuvchi mexanizmlarning toʻliq siklida uni harakatlanuvchi qismini aylantirish;
j) uskunani boʻsh harakatda va ish yuklovi ostida sinash
217. Uskuna taʼmirlanganidan soʻng foydalanishga yaroqliligi qabul qiluvchi komissiyaning dalolatnomasida qayd qilinadi.
VI. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
218. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
219. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Yakuniy qoida
220. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2010-yil 17-mart
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 17-mart
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 17-mart
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2010-yil 17-mart
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 17-mart
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi G. IBRAGIMOV
2010-yil 17-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 20-son, 157-modda; 2014-y., 3-son, 43-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 15.07.2025-y., 10/25/2104-2/0620-son; 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)