24.05.1996 yildagi 194-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YUK OQIMI GRUZIYA PORTLARI ORQALI OʻTISHNI MUVOFIQLASHTIRISH HUKUMAT KOMISSIYASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 302-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozarbayjon Respublikasi, Gruziya Respublikasi, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida Ashxobod shahrida 1996-yil 13-mayda imzolangan Temir yoʻl transporti faoliyatini muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi shartnomaga va Tranzit tashishlarni tartibga solish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq, shuningdek Farap — Turkmanboshi — Boku — Poti temir yoʻl stansiyalari oʻrtasida yuklarning uzluksiz va toʻsiqsiz tashilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Gruziya portlari orqali yuk oqimlarini muvofiqlashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi zimmasiga yuklatilsin. Ushbu maqsadlar uchun TIAIS, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston xalqaro ekspeditorlar uyushmasi vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIAIS (Gʻaniyev) har yili dekabr oyida Vazirlar Mahkamasiga Yevropa — Kavkaz — Osiyo yoʻlagi boʻyicha yuklarni tashish hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari rejalarini kelishish uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi huzuridagi Gruziya portlari orqali Oʻzbekiston Respublikasining yuk oqimlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Ermetov), Adliya vazirligi (Mirsafoyev), Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan tashishlarni amaldagi bitimlarga tatbiqan bajarish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev) hamda tegishli vazirliklar va idoralar bir oy muddatda Poti portida Oʻzbekiston Respublikasining eksport-import yuklarini oʻz vaqtida rasmiylashtirish va tashishni nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining maxsus vakolatxonasini tashkil etish boʻyicha hujjatlarni tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda mavjud va istiqbolli kontraktlardan kelib chiqqan holda bir oy muddatda Buxoro viloyatida koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishda paxta tolasini yuklab joʻnatish boʻyicha markazlashtirilgan baza tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buxoro viloyati hokimligi viloyat hududida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Oʻzmarkazimpeks” respublika savdo-sanoat palatasi va “Oʻzavtotrans” korporatsiyasiga paxta tolasini bir yoʻla saqlash uchun 40000 tonnagacha hajmda bojxona omborxonalari qurish uchun yer uchastkasi ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasining Bojxona bosh boshqarmasi va “Oʻzdavstandart” agentligi yuklarni oʻz vaqtida bojxona va metrologik rasmiylashtirish uchun tegishli infratuzilmani yaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev), Moliya vazirligi (Guskova), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Ermetov), “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi (Axmetov), Adliya vazirligi (Mirsafoyev), Davlat mulki qoʻmitasi (Xoʻjayev) “Oʻzinvestloyiha” injiniring kompaniyasi bilan birgalikda Turkmaniston va Gruziya dengiz kemachiligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Turkmanboshi va Poti portlarida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushli ishtiroki boʻyicha takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta tolasini ogʻir yukli konteynerlarga yuklashning aniq punktlarini ishlab chiqsin va belgilasin, bunday konteynerlarda eksportga joriy yilda kamida 10 ming tonna, 1997-yilda kamida 30 ming tonna paxta tolasi yuklanishini hisobga olib, ogʻir yukli konteynerlarda paxta tolasi tashish hajmlarini 2000-yilga borib 100 ming tonnaga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mazkur transport yoʻnalishi boʻyicha tashiladigan yuklarning saqlanishi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu yuklarni majburiy sugʻurta mavjud boʻlgan taqdirda qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 24-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194-son