Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.05.1996 yildagi 171-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-YIL I ChORAGIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh YAKUNLARI VA IQTISODIY ISLOHOTLARNING BORIShINI BAHOLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, 1996-yilning birinchi choragida vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-martdagi 84-son qarori bilan qabul qilingan “1996-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari Dasturi”ni bajarishga qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning I choragida iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni, iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni taʼminlashda ijobiy siljishlarga erishildi. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilgi darajaga nisbatan 99,6 foizni tashkil qildi. Sanoat mahsuloti umumiy hajmi oʻtgan yilning tegishli davridagiga nisbatan 100,8 foizni, xalq isteʼmol tovarlari — 102,9 foizni va kapital mablagʻlar 112 foizni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yilning I choragida inflatsiyaning oʻrtacha oylik darajasi oʻtgan yilning tegishli davridagiga nisbatan 1,5 baravarga kamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish, bozor infrastrukturasini va qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish jarayonlari yanada rivojlandi. 427 ta obyekt mulkchilikning nodavlat shakllariga aylantirildi, 9674 ta kichik va xususiy korxonalar roʻyxatdan oʻtkazildi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tashkil etildi. Birja markazi ishga tushirildi, qisqa muddatli davlat obligatsiyalari muomalaga chiqarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligida islohotlar sust bormoqda. Yangi tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklariga, xususiylashtirilgan chorvachilik fermalariga xoʻjaliklarning rahbarlari, mahalliy boshqaruv organlari tomonidan yordam koʻrsatilmayapti. Naslchilik ishlarida, zooveterinariya xizmati koʻrsatishda jiddiy kamchiliklar mavjud. Kontraktatsiya shartnomalari tuzish koʻpincha rasmiyatchilik tusida boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol va parrandalar bosh soni va mahsuldorligi pasaydi. Hisobot davrida qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining umumiy hajmi oʻtgan yilning birinchi choragidagi darajaga nisbatan atigi 88 foizni tashkil qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir qator viloyatlarda joriy yilning birinchi choragida bahorgi dala ishlarini oʻtkazishda, qishloq xoʻjaligi texnikasini tayyorlash va tuzatishda qoloqlikka yoʻl qoʻyildi. Bunday qoloqlik Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Sirdaryo, Navoiy, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida ayniqsa kuchlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Jizzax, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Sirdaryo va boshqa bir qator viloyatlarda naqd pul emissiyasi darajasi pasaymayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni, “Oʻzboshqurilishyogʻochsanoat”, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning ancha pasayishiga yoʻl qoʻyishdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar eksportga, ayniqsa markazlashtirilgan eksport boʻyicha mahsulot yetkazib berish, Markaziy bankka valyuta tushumlarini sotish boʻyicha prognoz topshiriqlarning toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlashmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl qoʻyilgan qoloqlikni bartaraf etish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha 1996-yil uchun belgilangan chora-tadbirlarni soʻzsiz bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari hokimlarining eʼtibori ular tomonidan naqd pul emissiyasini qisqartirish, isteʼmol bozorini tovarlar va xizmatlar bilan toʻldirish, naqd pul mablagʻlari tushumlarining qaytariluvchanligini taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilmaganligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularga naqd pul muomalasi ahvolini yaxshilash yuzasidan aniq xatti-harakatlarni amalga oshirish va natijasini har oyda Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilib borish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda mulkiy paylarni joriy etish boʻyicha tajribada qatnashayotgan xoʻjaliklarning moliyaviy va iqtisodiy ahvolini puxta oʻrgansinlar, ularni qayta tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsinlar, oʻtkazilayotgan tajribaning borishini har chorakda tahlil qilsinlar va zarur tuzatishlar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda xususiylashtirilishi kerak boʻlgan chorvachilik fermalari va yem-xashak xoʻjaliklari roʻyxatini ikki hafta muddatda aniqlasinlar hamda II chorak davomida ularning mulkchilik shaklini oʻzgartirish, shu jumladan kim oshdi savdolarida sotish orqali oʻzgartirish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar hokimliklari bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan fermalar va xoʻjaliklarni xususiylashtirilgandan keyin qoʻllab-quvvatlashning aniq chora-tadbirlarini, shu jumladan ozuqa yetishtirish uchun ularga zarur yer maydonlari ajratish tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi hokimliklar va xoʻjaliklar bilan birgalikda bir oy muddatda chorvachilikning yem-xashak bazasini mustahkamlash uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari takror ekiladigan maydonlarni va ularning tarkibini belgilasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda mulkchilik shakli oʻzgartirilgan va yangidan tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlarining aksiyalari chiqarilishi va sotilishining, ular boʻyicha dividendlar toʻlanishining holatini bir oy muddatda chuqur oʻrganib chiqsinlar hamda qimmatli qogʻozlar bozori faoliyat koʻrsatishini faollashtirish yuzasidan aniq takliflar tayyorlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi respublikada trast faoliyatni tartibga solish hamda paylar, ulushlar, aksiyalar va boshqa mol-mulklarni ishonchli boshqaruvga berish tartibini belgilashga oid takliflarni 1996-yil 1-iyulgacha ishlab chiqsin va kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kapital qurilishda materiallar va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida pudrat savdolari (tender) oʻtkazish yoʻli bilan obyektlarni ustun darajada tanlov asosida qurishni amalda qoʻllasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar 1996-yildagi eksportning belgilangan hajmlariga muvofiq mahsulotning bir maromda yetkazib berilishini taʼminlovchi eksportga mahsulot yetkazib berish yuzasidan kontraktlarni oʻz vaqtida tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda eksportga mahsulot yetkazib berish belgilangan hajmlarining korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi hamda valyuta tushumining bir qismi Markaziy bankka oʻz vaqtida sotilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining majlisida birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalarning eksportga mahsulot yetkazib berishning belgilangan hajmlari bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlari eshitilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi roʻyxatdan oʻtkazilgan va ishlab turgan korxonalar boʻyicha maʼlumotlarning yagona axborot bazasini ikki oy muddatda tashkil etsin, ular faoliyatining ahvolini muntazam oʻrganib borsin va tahlil natijalari boʻyicha qoʻshma korxonalar faoliyatini tashkil etishni yaxshilash yuzasidan takliflarni yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorijiy investitsiyalar boʻyicha agentlik, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi ahvolini, ularning iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirishlarning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligini ikki oy muddatda tahlil qilsinlar va ularni amalga oshirish yuzasidan tavsiyanomalar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi 1996-yil 20-maygacha 1997-yilda Oʻzbekistonni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozini ishlab chiqish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171-son