Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.04.1996 yildagi 144-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SELLYULOZA VA YuQORI SIFATLI QOGʻOZ IShLAB ChIQARISh QUVVATLARINI BARPO ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika xalq xoʻjaligining sellyuloza va yuqori sifatli qogʻozga boʻlgan talabini qondirish, ularning import qilinishini qisqartirish va mahalliy xomashyo manbalaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasining Angrendagi “Promkartontorg” ochiq turdagi aksionerlik jamiyatida poxoldan 10 ming tonna sellyuloza ishlab chiqaruvchi quvvatlar ishga tushirilganligi va ushbu korxonada shunga oʻxshash qoʻshimcha quvvatlar joriy yilning uchinchi choragida ishga tushirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyati hokimligi va “Oʻzbekmebel” DABning 1996-1997-yillarda quvvatlarni “Yangiyoʻlmebel” ishlab chiqarish-tijorat shirkatining mavjud maydonlariga joylashtirgan holda Yangiyoʻl tumanida paxta lintidan yiliga 25 ming tonna sellyuloza va 12 ming tonna qogʻoz ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan sellyuloza-qogʻoz fabrikasini barpo etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekmebel” DAB, “Oʻzogʻirsanoat” instituti “Bummash Xolding” (Rossiya) aksionerlik birlashmasi bilan birgalikda uch oy muddatda sellyuloza va qogʻoz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish uchun texnik-iqtisodiy asoslashni, 1996-yilning 31-dekabrigacha esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi Yangiyoʻl sellyuloza-qogʻoz fabrikasi qurilishi boʻyicha bosh pudratchi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi chizmalari boʻyicha obyektlarni bir yoʻla loyihalashga, qurishga va mablagʻ bilan taʼminlashga (loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar), istisno tariqasida, ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi (Hamidov) mazkur ishlab chiqarishning xalq xoʻjaligidagi muhim ahamiyatini hisobga olib “Oʻzbekmebel” DAB “Sellyulozaqurilish” direksiyasiga qurilish va asbob-uskunalar bilan butlash uchun 590 mln soʻm, keyinchalik konvertatsiya qilish sharti bilan qogʻoz tayyorlash mashinasi olish, loyihalashtirish va mazkur mablagʻlar hisobiga butlash uchun 128 mln soʻm miqdorida kredit ajratish haqidagi masalani koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yangiyoʻl sellyuloza-qogʻoz fabrikasiga, istisno tariqasida, banklarning kreditlari uchun hisob-kitob tugaguniga qadar qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻla hajmda ushbu kreditlarni uzish uchun yoʻnaltirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekmebel” DAB (Maqsudov)ning sellyuloza va qogʻoz ishlab chiqarish fabrikasi quvvati kredit ajratilgan kundan eʼtiboran bir yil-u uch oy mobaynida ishga tushirilishi haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Gʻafurov) 1997-yildan boshlab paxta linti ishlab chiqarish va undan foydalanish umumiy balansidan “Oʻzbekmebel” DABga fabrikaning ishga tushirilish muddati va barpo etilayotgan quvvatlarning oʻzlashtirilishiga qarab sellyuloza ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan hajmda lint ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi loyihani belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari M. 3. Usmonov va R. R. Yunusovlar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 11-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144-son