Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2012 29.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1541-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori, 29.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1541-2
Кучга кириш санаси
09.05.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2012
Hujjat 09.05.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

XALQ TAʼLIMI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1541-2]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2012-yil 18-maydagi 01-05/1377, 24, 19-Q/B-sonli “Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1541-3, 31.05.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-son “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha 2009 — 2014-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 267-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 379-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2005-yil 30-dekabrdagi 105, 42 va 01-357-son qarori (roʻyxat raqami 1541, 2006-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2010-yil 30-mart,

109-QQ-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAHIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
03/QQ-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010-yil 30-martdagi 109-QQ, 11, 03/QQ-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari quyidagi mazmundagi 31—34-paragraflar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31-§. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori lavozimining malaka tavsiflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktorining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maktab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, oʻquv-tarbiya jarayonlari va taʼlim tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirishning, shuningdek maktabda taʼlim sifatini yaxshilashning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maktabning yillik oʻquv-tarbiya rejasini tasdiqlaydi va pedagogik jamoa tomonidan ushbu rejaning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) musiqiy va badiiy pedagogikaning yangi yutuqlarini oʻquv jarayoniga tatbiq etishga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻz vakolati doirasida maktabning moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) maktabning pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni amalga oshiradi, pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilarning bilimlarini ularning bilimiga qoʻyilgan davlat talablariga mos kelishini taʼminlaydi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oʻquvchilarni maktabga qabul qilish, keyingi sinfga oʻtkazish va taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar berishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ota-onalar, mahalla qoʻmitalari va jamoat tashkilotlari bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish boʻyicha hamkorlikni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) xodimlarga mehnat qilish va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratadi, maktab faoliyati boʻyicha hisobotlar tuzadi, buyruqlar chiqaradi, maktab xodimlarining vazifalari va majburiyatlarini belgilaydi, ularni moddiy va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantiradi hamda oʻz vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori taʼlim sohasidagi va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid qarorlari, buyruqlari va farmoyishlarini, maktab faoliyati va uni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini, jamoani boshqarishning samarali usullarini, oʻquv va tarbiya sifati, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, maktab faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablarini hamda texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash qoidalarini bilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori quyidagilarni bajara olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maktab faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarini aniqlash va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maktab faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllay bilishni;

v) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishni, shartnomalar tuzishni, nizomlar, qoidalar va lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) pedagogik jamoada qulay psixologik va ijodiy muhit yaratishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) musiqa va sanʼat sohasi boʻyicha kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;

b) besh yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) malaka toifasi — kamida ikkinchi toifali oʻqituvchi.

32-§. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining maʼnaviy- maʼrifiy va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimining malaka tavsiflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining maʼnaviy-maʼrifiy va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni va oʻquv jarayonini tashkil qiladi, oʻquv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini taʼminlaydi, tarbiyaviy ishlarning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pedagog kadrlarga metodik yordam koʻrsatadi, pedagog kadrlarning pedagogik faoliyatini tahlil qilishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) pedagog kadrlar faoliyatining oylik, choraklik va yillik rejalarini, musiqa va sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha kalendar ish rejalarini tasdiqlaydi, shuningdek yakka tartibdagi va guruh mashgʻulotlari jadvalini tuzadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi, pedagog kadrlarning ish vaqti hisobini olib boradi, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa oʻquv tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻquvchilarning oʻzlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yakka tartibdagi va guruh jurnallarining belgilangan tartibda yuritilishini taʼminlaydi, oʻquv-tarbiyaviy ishlar ahvoli va natijalari boʻyicha hisobotlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oʻquv yili davomida pedagog kadrlarning oʻquv yuklamalaridagi oʻzgarishlarni muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) direktor boʻlmaganda uning vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining maʼnaviy-maʼrifiy va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid qarorlari, buyruqlari va farmoyishlarini, musiqiy taʼlimning davlat talablari mazmunini, jamoaga rahbarlik qilishning metodlarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullarini, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini bilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining maʼnaviy-maʼrifiy va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari quyidagilarni bajara olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maktabni boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzishni, metodik tavsiyalar, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maktab faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllay bilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pedagogik jamoada qulay psixologik va ijodiy iqlim yaratishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining maʼnaviy-maʼrifiy va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) musiqa va sanʼat sohasi boʻyicha kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) malaka toifasi — kamida ikkinchi toifali oʻqituvchi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-§. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining pedagog kadrlarining malaka tavsiflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining pedagog kadrlarining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yosh avlodning isteʼdodini har tomonlama kamol toptirish, milliy va jahon madaniyatining durdona namunalariga tayanib yoshlarning estetik didini oʻstirish hamda yuksak maʼnaviy ruhda tarbiyalash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) pedagogik axloq normalariga rioya qiladi, oʻquvchilarni tarbiyalash va oʻqitish masalalari boʻyicha ularning ota-onalari bilan individual uchrashuvlar va suhbatlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻquvchilarni koʻrik-tanlovlar, olimpiadalar va festivallarda ishtirok etishga tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yakka darslarni olib boruvchi pedagog kadrlar har bir oʻquvchiga yarim yillik shaxsiy va oʻquv yili boshida nazariy fanlar boʻyicha taqvimiy ish rejalarini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Pedagog kadrlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid qarorlari, buyruqlari va farmoyishlarini, musiqiy taʼlimga oid davlat talablari mazmunini, oʻquv rejalari va dars berayotgan fani boʻyicha dasturiy talablarni, oʻqitishning ilgʻor shakl va uslublarini, darslarni tashkil etish va uni oʻtkazish uslublarini, oʻquv va tarbiya sifatini, nazorat vositalarini hamda oʻquvchilarning bilimini baholash mezonlarini bilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining pedagog kadrlari kamida oʻrta maxsus musiqaviy maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-§. Konsertmeysterlarning malaka tavsiflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Konsertmeysterlarning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻzbek mumtoz va xorijiy klassik musiqa va sanʼat namunalari asosida oʻquvchilarni musiqiy va badiiy saviyasini oʻstirishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) pedagog kadrlarga musiqiy taʼlimga oid davlat talablari va oʻquv dasturlari asosida darslarni tayyorlash va oʻtkazishda amaliy yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) cholgʻular, xor, estrada va anʼanaviy xonandalik, xoreografiya, turli ansambllar mashgʻulotlarida joʻrnavozlik qilish, koʻrik-tanlov va festivallar, konsertlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Konsertmeysterlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid qarorlari, buyruqlari va farmoyishlarini hamda ularning bilimiga qoʻyilgan davlat talablarining mazmunini bilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Konsertmeyster lavozimiga kamida oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar qabul qilinadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 136-modda; 2012-y., 22-son, 256-modda)