Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ERLARNI MELIORATSIYALAShNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Melioratsiyalash tadbirlarini oʻtkazishda iqtisodiy jihatdan zaif xoʻjaliklarga yordam koʻrsatish, xoʻjaliklararo kollektor tarmoqlarini tuzatish va tozalashga oid ishlar hajmini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi (Hamidov) xoʻjaliklar ichidagi kollektor-drenaj tarmoqlarini tuzatish va tozalash uchun iqtisodiy zaif xoʻjaliklarga, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjaliklariga 70 mln. soʻm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari xoʻjaliklariga 60 mln. soʻmdan kredit berish maqsadida “Paxta-bank”ka 250 mln. soʻm miqdorida kredit resurslar ajratish masalasini koʻrib chiqsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Guskova) magistral va xoʻjaliklararo kollektorlarni tuzatish va tozalash maqsadida aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligiga qoʻshimcha ravishda 110 mln. soʻm ajratsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-yanvar,
39-son