Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SHOʻRTAN GAZ-KIMYO KOMPLEKSI QURILISHINI JADALLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasini importning oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar bilan taʼminlash uchun polietilen va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish boʻyicha Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi joriy yilda Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida 2000-yil oxirida foydalanishga topshiriladigan Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishiga tayyorgarlik ishlarini, 1998-yil yanvar oyidan boshlab esa qurilish ishlarini boshlasin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
kompleksning texnik-iqtisodiy asoslanishi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan koʻrib chiqilgan va respublika Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda “Stoun va Vebster” (AQSH-Angliya) mustaqil injiniring firmasi tomonidan ekspertiza qilingan;
“ABB Lummus Global” (AQSH), “Nisho Ivai” va “Mitsui” (Yaponiya)dan iborat tarkibdagi konsorsium tomonidan kompleksning bazaviy loyihasini ishlab chiqish tugallangan va “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasiga tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini loyihalash va qurish uchun asos boʻluvchi maʼlumotlar berilgan;
“Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi tomonidan asosiy texnologik jarayonlarga litsenziyalar sotib olingan;
loyihalashtirish, asbob-uskunalar yetkazib berish, qurilish montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari, kompleksning texnologik qismi boʻyicha ularni loyiha quvvatlariga chiqarish sharti bilan qurilmalarni ishga tushirish konsorsium tomonidan foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida bajariladi;
AQSH va Yaponiyaning eksport-import banklari, Germaniyaning eksport-kredit agentligi (Hermes) tomonidan loyihani mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha uzil-kesil majburiyatlar 1997-yil oxirigacha beriladi;
respublikaning loyihalash tashkilotlari tomonidan tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini loyihalashtirish boshlangan;
“Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi tomonidan kompleksning texnologik qismi qurilishi muddatlarini qisqartirish maqsadida loyihani mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha asosiy kontrakt va kredit bitimlari rasman kuchga kirgunga qadar loyihalashtirishni davom ettirish va uzoq muddatda tayyorlanadigan asbob-uskunalarga buyurtmalarni joylashtirish toʻgʻrisida konsorsium bilan ahdlashuvga erishilgan.
3. Quyidagilar:
“Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining “Oʻzbekneftgazqazibolish” davlat-aksiyadorlik birlashmasi Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishining bosh buyurtmachisi;
respublika qurilish tashkilotlari subpudratchilar sifatida jalb qilingan holda “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining “Oʻzbekneftgazqurilish” birlashmasi, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi, “Oʻzagroqurilish” birlashmasi, “Oʻzsuvqurilish” konserni, “Oʻzbekaloqainvest” kompleks qurilishi, texnologik qism bundan mustasno, shuningdek tashqi energiya taʼminoti va temir yoʻl transporti obyektlari boʻyicha bosh pudratchilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi tashqi energiya taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha buyurtmachi va bosh pudratchi (bosh buyurtmachi mablagʻlari hisobiga);
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi inshootlar bilan birgalikda temiryoʻl transporti obyektlari qurilishi boʻyicha buyurtmachi (bosh buyurtmachi mablagʻlari hisobiga), “Oʻzbektransqurilish” uyushmasi bosh pudratchi;
respublika va MDH mamlakatlarining loyiha institutlarini subpudrat shartlarida jalb qilgan holda “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining Oʻzbekiston neft va gaz ilmiy-tadqiqot loyihalashtirish instituti kompleks boʻyicha, texnologik qism bundan mustasno, “Toshboshrejalar” ilmiy-tadqiqot loyihalashtirish instituti turarjoy shaharchasi boʻyicha bosh loyihalashtiruvchilar etib belgilansin.
4. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi respublikaning tegishli vazirliklari va idoralarini hamda xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda “ABB Lummus Global”, “Nisho Ivai” va “Mitsui”dan iborat tarkibdagi konsorsiumning loyihalashtirish, asbob-uskunalar yetkazib berish, qurish, ishga tushirish-sozlash va kompleksning texnologik qismini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida ishga tushirish kontrakti boʻyicha takliflarini bir oy muddatda koʻrib chiqsin.
5. Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda idoralararo komissiya tuzilsin.
Idoralararo komissiyaga loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi vazirliklar, idoralar korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar va firmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek qurilishning borishini, kontrakt shartlari bajarilishini muntazam nazorat qilish, yetkazib berilayotgan asbob-uskunalarni va qurilish-montaj ishlarining bajarilishini ekspert baholash vazifasi yuklansin.
Komissiyaga ishchi guruhga xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi “ABB Lummus Global”, “Nisho Ivai” va “Mitsui”dan iborat tarkibdagi konsorsium tomonidan kontrakt shartlari bajarilishi boʻyicha yuridik, moliyaviy-iqtisodiy va muhandislik-texnika nazorati xizmatlari koʻrsatish yuzasidan xorijiy firmalar bilan belgilangan tartibda kontraktlar tuzsin.
7. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining Qashqadaryo viloyatining Shoʻrtan shaharchasida Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “Oʻzsanoatqurilishbank”ka va boshqa tijorat banklariga 1997-yilda va 1998-yilning I yarim yilligida Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishini ishchi chizmalarga asosan amalda bajarilgan ishlar hajmi boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlash tavsiya qilinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangandan keyin kompleks qurilishini 1998-yilning va keyingi yillarning investitsiya dasturiga kiritsin.
10. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasiga kompleks qurilishi muddatlarini qisqartirish maqsadida “ABB Lummus Global”, “Nisho Ivai” va “Mitsui”dan iborat tarkibdagi konsorsium bilan loyihani mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha asosiy kontrakt va kredit bitimlari kuchga kirgunga qadar loyihalashtirishni davom ettirish va uzoq muddatda tayyorlanadigan asbob-uskunalarga buyurtmalarni joylashtirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga ruxsat berilsin.
11. Kompleks qurilishida bevosita band boʻlgan xodimlarning barcha toifalari uchun choʻl sharoitida va suvsizlikda ishlaganlik uchun ish haqiga 1,7 koeffitsiyent hamda lavozim maoshlari va tarif stavkalariga 30 foiz miqdorida ustama belgilansin.
12. Qashqadaryo viloyati hokimligi “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasining “Neftgaztaʼminot” birlashmasi bilan birgalikda kompleks qurilishiga jalb qilingan xodimlarning joylashtirilishini va ularning ovqatlantirilishini taʼminlasin, ular uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 6-noyabr,
505-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-noyabrdagi 505-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo komissiya
tarkibi
| Joʻrabekov Ismoil Hakimovich | — | Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi |
| Haqqulov Qayim Jalilovich | — | Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari |
| Solihov Qudratilla Abdullayevich | — | Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining mudiri, komissiya kotibi |
| Abdullayev Murodulla Abdullayevich | — | “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni raisi |
| Otayev Valeriy Yoʻldoshevich | — | Energetika va elektrlashtirish vaziri |
| Bahromov Shuhrat Shavkatovich | — | “Neftgazfan” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining oʻrinbosari— kompleks loyihasi bosh muhandisi |
| Guskova Tatyana Nikolayevna | — | Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Jumanazarov Roʻzimboy | — | “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni raisi |
| Zaynutdinov Ibrat Anvarovich | — | “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari |
| Isayev Anatoliy Nigʻmatovich | — | “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi raisi |
| Kamolov Vil Shodmonovich | — | “Oʻzjamoaxoʻjalikqurilish” birlashmasi raisi |
| Qosimov Yusuf Oʻktamovich | — | IIV yongʻindan saqlash boshqarmasi boshligʻi |
| Beganov Vil Savelyevich | — | Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
| Maqsudov Aʼlo Nabixonovich | — | “Oʻzdavstandart” markazi bosh direktori |
| Mirsafoyev Sirojiddin Mirsafoyevich | — | Adliya vaziri |
| Mirxoʻjayev Zaynutdin Sayfutdinovich | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining oʻrinbosari |
| Muhidov Akrom Anvarovich | — | Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti boshligʻi |
| Nabiyev Toʻlagan Nabiyevich | — | Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi |
| Neʼmatov Oʻtkir Ubaydullayevich | — | “Oʻzsanoatqurilishbank” raisi |
| Normatov Anvar Normatovich | — | “Oʻzneftgazqazibolish” davlat-aksiyadorlik birlashmasi bosh direktori |
| Normurodov Mamarizo Berdimurodovich | — | Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari |
| Omelnitskiy Mixail Aleksandrovich | — | “Oʻzbektransqurilish” uyushmasi raisi |
| Oripov Odil Oripovich | — | “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi raisi |
| Oripov Saidazim Oripovich | — | Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Ahmadboyev Akrom Gʻulomovich | — | “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi raisi |
| Tovarovskiy Vitaliy Mixaylovich | — | “Oʻzneftgazqurilish” davlat-aksiyadorlik birlashmasi bosh direktori |
| Fozilov Neʼmatilla Ibrohimovich | — | Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining mudiri |
| Habibullayev Poʻlat Qirgʻizboyevich | — | Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi |
| Habibullayev Asxat Sharipovich | — | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi |
| Xoʻjayev Bahodir Ergashevich | — | Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari |
| Shukurov Jamil Shukurovich | — | Qashqadaryo viloyati hokimining oʻrinbosari |
| Ermetov Normat Ermetovich | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
| Yoʻldoshev Olim Majidovich | — | “Oʻzagroqurilish” birlashmasi raisi |
Keyingi tahrirga qarang.